Xitoyning Ninbo shahrida yashovchi erkak bozorga kelgach, 15 soniya ichida koronavirus yuqtirib olgan. Bu haqda Daily Mail nashri xabar qildi.

Foto: Daily Mail

Ma’lumotlarga ko‘ra, 56 yoshli erkak 23-yanvar tongida bozorga kelgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.  Rastalar orasidan yurayotgan vaqtida 15 soniya davomida koronavirus bilan xastalanagan 61 yoshli ayol bilan to‘qnash kelgan. Erkak infeksiya yuqtirib olganini 4-fevral kuni bilgan va unga qadar ikkita supermarket va bitta restoranga borib odamlar hayotini xavf ostiga qo‘ygan.

Foto: Daily Mail

Xitoyliklar ushbu virusning qanday qilib bunday qisqa vaqt oralig‘ida odamdan odamga yuqqanini aniqlagani haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan. Erkakni tekshirgan shifokorlar uning ushbu holatga qadar koronavirus yuqtirgan hayvonlar va odamlardan uzoqda bo‘lganini qayd etgan.

Avval Xunan viloyatidagi shifokor 10 kun ketma-ket avtoyo‘ldagi haydovchi va yo‘lovchilar holatini tekshirib, koronavirusga chalingani va yurak to‘xtashi oqibatida halok bo‘lgani xabar qilingandi. Uning o‘limiga kuchli charchoq sabab bo‘lgani aytilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-nCoV virusiga chalingan odamlar soni Xitoyning o‘zida 28 ming nafardan oshgan, kasallik tufayli 565 nafar odam hayotdan ko‘z yumgan.

От qwert.uz