Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Askar Akayevning o‘g‘li Aydar Akayev 44 yoshda Moskva shahrida vafot etdi. Bu haqda “24.kg” nashri xabar berdi.

Foto: “TASS”

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Aydar Akayevning o‘limiga yurak ish faoliyatining buzilishi sabab bo‘lgan. Boshqa tafsilotlar oshkor qilinmagan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. 

Aydar Akayev Qirg‘iziston moliya vaziri maslahatchisi lavozimida ishlagan, shuningdek qirg‘iz parlamenti yuqori kengashi deputati bo‘lgan. 2005-yil mart oyida Qirg‘izistonda hokimiyat o‘zgartirilgandan so‘ng barcha davlat lavozimlari va deputatlik vakolatlari bekor qilindi. Unga davlat hamda fuqarolarga zarar yetkazish bo‘yicha jinoiy ishlar ochildi.

Askar Akayev 1990-yildan 2005-yilgacha Qirg‘iziston prezidenti lavozimida ishlagan

От qwert.uz