7-fevral, juma kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Yangi Janubiy Uels, Avstraliya
Avstraliyalik fermerlar uzoq davom etgan qurg‘oqchilik va o‘rmon yong‘inlaridan so‘ng yoqqan yomg‘irdan quvonmoqda — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Foto: EPA
Chxongshim, Janubiy Koreya
Janubiy Koreyada bir necha ming juftlik ommaviy to‘ylar bo‘lib o‘tdi. Janubiy Koreyada 24-marta koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi.

Foto: Reuters
Nyu-York, AQSh
Nyu-Yorkdagi modalar haftaligida model Koko Rosha Christian Siriano kolleksiyasini namoyish etmoqda.

Foto: AP
Zagreb, Xorvatiya
Zagreb Greenpeace’ning global aksiyasiga qo‘shildi. Aksiya keyingi bir necha kunda 20 dan ortiq mamlakatda o‘tkaziladi. Suratda erib borayotgan pingvinlar haykali tasvirlangan. Haykallar iqlim o‘zgarishlarining oqibatlari va uni yumshatishdagi okeanning rolini ifodalamoqda.

Foto: “TASS”
Sharja, BAA
Sharjada o‘ninchi chiroqlar festivali o‘tkazilmoqda.

Foto: Getty Images
Gonkong
Koronavirusning himoyalanish uchun niqob taqib olgan erkak.

Foto: Getty Images
Keyptaun, JAR
Tennischilar Rojer Federer va Rafael Nadal xayriya o‘yini oldidan selfiga tushmoqda.

Foto: EPA
Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘i
Donald Trampning Yaqin Sharqni barqarorlashtirish bo‘yicha taklifiga qarshi namoyishlar davom etmoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters
Gollivud, AQSh
92-an’anaviy “Oskar” mukofoti taqdirlash marosimiga tayyorgarlik ishlari ketmoqda.

Foto: Getty Images
San-Salvador, Salvador
Oyog‘iga kishan taqilgan Mara 18 jinoiy guruhi a’zolari sud zalida o‘tiribdi.

Foto: Getty Images
London, Angliya
Vinsent van Gogning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma.

Foto: Zuma
Kalkutta, Hindiston
Hindistonning hukmron partiyasi vakillari va tarafdorlari musulmonlarni kamsituvchi deb atalayotgan qonunni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Foto: AP
London, Buyuk Britaniya
Ekofaollar British Petroleum’ga qarshi norozilik aksiyasi o‘tkazmoqda.

Foto: PA
Boyqo‘ng‘ir, Qozog‘iston
“Soyuz” raketasi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan havoga ko‘tarilmoqda.

Foto: Reuters
Afrin, Suriya
Idlibdan ko‘chirilgan bolalar Afrinda yomg‘ir ostida yurmoqda.

Foto: Reuters