Yaponiyada Yokogama portida karantinga olingan Diamond Princess sayohat kemasida koronavirus bilan kasallanganlar soni 64 kishiga yetdi. Bu haqda Yaponiya Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi ma’lum qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. 

Foto: Reuters

Ma’lumotlarga ko‘ra, 279 kishi tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilgan. Avvalroq kemadagi yo‘lovchilarning 61 nafari koronavirusni yuqtirib olgani haqida xabar berilgandi.

Diamond Princess kemasida tekshiruvlar 80 yoshli yo‘lovchida koronavirus aniqlanganidan so‘ng boshlangandi. 3-fevral kuni o‘tkazilgan tekshiruv natijalarga ko‘ra, 10 kishida virus aniqlangan edi va shundan so‘ng kema 14 kunlik karantinga joylashtirilgan. Hukumat vakillari tomonidan xabar berilishicha, virus tashxisi qo‘yilgan kemadagi barcha yo‘lovchilar Kanagava prefekturasidagi kasalxonaga yotqizilgan. Harbiylar koronavirus sababli karantinga olingan 4 ming kishilik kruizga oziq-ovqatlar yetkazib bermoqda.

Diamond Princess sayohat kemasi joriy yilning 20-yanvar kuni Yokogamadan chiqib, Kagosima—Gonkong—Okinava yo‘nalishidan o‘tib, 3-fevral, dushanba kuni, qaytib kelgan. Bu vaqtga kelib kemadagi bir necha kishi tobi qochgani haqida xabar qilgan va hukumat bortdagi barchani tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qilgan.

От qwert.uz