AQShning Luiziana shtati Leyk-Charlz shahridagi kazinoga tashrif buyurganlarning kamida 200 nafari norovirus bilan kasallandi. “RBK”ning yozishicha, bu haqda mahalliy WVUE telekanali davlat sog‘liqni saqlash boshqarmasi direktori Leysi Kavanoga tayanib xabar berdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. 

Foto: Casinoz

Kavanoning so‘zlariga ko‘ra, virus juda yuqumli. “Ayni paytda bu qanday boshlanganligi muhim emas, chunki hozir virusning jamiyatda tarqalishini kuzatmoqdamiz”, — degan u. Shuningdek, odamlar kasallik belgilari paydo bo‘lganida va ular yo‘qolganidan 3 hafta davomida ham norovirus tashuvchilari bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

Norovirus oshqozon-ichak infeksiyasi rivojlanishining sabablaridan biridir. Bunday infeksiyalar qusish, ich ketishi, tana haroratining ko‘tarilishi kabi aniq belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Qolaversa, virus juda yuqumli bo‘lib, ovqatlanish, suyuqlik ichish, shuningdek, uy-ro‘zg‘or buyumlari, idishlar, yuvilmagan qo‘llar orqali yuqishi mumkin.

AQShda norovirus bilan ommaviy kasallanish 2019-yilning yanvar oyida Amerika kruiz kemasida ham kuzatilgandi. Kema bortidagi 270 dan ortiq yo‘lovchi norovirusga chalingandan so‘ng, kruiz Kanaveral portiga muddatidan oldin qaytgan.

Avvalroq Makao hukumati koronavirus tarqalish xavfi tufayli barcha kazinolar faoliyatini ikki haftaga to‘xtatishga qaror qilgani xabar berilgan edi. Hukumat Makaod

От qwert.uz