Xitoyning Uxan shahrida yuzlab kishilar umriga zomin bo‘lgan koronavirusga qarshi kurash davom etmoqda. Tibbiyot hodimlari shaharlarda tun-u kun ishlamoqda. Ommaviy axborot vositalarida Uxandagi tibbiyot xodimlarining ish vaqtidan keyinggi ko‘rinishi aks etgan suratlar tarqaldi. Quyida BigPicture ana shu suratlardan namunalar taqdim etdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: BigPicture
Ularning yuzlarida nafaqat charchoq, balki soatlab va himoya niqoblarini kiyish oqibatidan paydo bo‘lgan izlar ham bor.
Foto: BigPicture
Mavzuga doir: Foto: Virus tarqalganidan so‘ng Uxandagi tibbiyot xodimlarining kun tartibi
Foto: BigPicture
Shifokorlarning kun-u tun ish joylarida qolishlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Foto: BigPicture
Ularning ayrimlari hatto ovqatlanib olish uchun ham vaqt topolmaydi, dam olishni-ku, gapirmasa ham bo‘ladi.
Foto: BigPicture
Bemorlar kasallik yuqtirilmasligi uchun barcha shifokorlar himoya kiyimlarini kiyishlari shart.
Foto: BigPicture
Ularning yuzlarida niqobdan nafaqat izlar, balki yaralar ham qoladi.
Foto: BigPicture
Ko‘zlari osti ko‘karib qolganidan ularning qanchalik toliqqanini ko‘rish mumkin.
Foto: BigPicture
Faqat himoya kiyimlarigina ularni xavfli kasallikka chalinishdan asrab qolishi mumkin.
Foto: BigPicture
Dam olishga bir daqiqa bo‘lsa ham vaqt topilsa, xodimlar ish joyini o‘zidayoq mizg‘ib oladi.
Ular uchun stul, stol, kreslo va kushetkalar yoki shunchaki pol ham karavot o‘rnini o‘taydi.
Foto: BigPicture
Mavzuga doir: Niqobdagi kelin-kuyovlar, BAAdagi chiroqlar festivali, Boyqo‘ng‘irdan uchgan raketa. 7-fevralning eng qiziqarli suratlari
Foto: BigPicture