Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 800 dan oshib ketdi

Отqwert.uz

9 февраля, 2020

8-fevral holatiga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 89 nafarga ko‘payib, 811 nafarga yetdi, deb xabar berdi “RBK”.

Foto: EPA

Virus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasida 81 kishi, Xenanda 2 kishi, Xebey, Xeylunszyan, Anxuey, Shandun, Xunan va Guansi-Chjuan provinsiyalarida bir kishidan vafot etgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. 

Kasallanganlar soni 37198 nafarga yetgan, 2649 kishi sog‘ayib ketgan.

Xitoydan tashqarida Hongkong va Filippinda bittadan o‘lim holati qayd qilingan.

Bir kun avval Xitoyda virus qurbonlari soni 722 nafarni, kasallanganlar 34,5 ming nafarni tashkil qilayotgani ma’lum qilingandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus koronavirusga qarshi kurashda niqoblardan oqilona foydalanishga chaqirdi. Tashkilot himoya vositalariga talab 100 baravar, uning narxi esa 20 baravar oshishini taxmin qilmoqda.