Xitoy sog‘liqni saqlash davlat komissiyasi mamlakatda koronavirus sabab 722 kishi vafot etgani haqida ma‘lum qildi. Umumiy hisobda kasallanganlar soni 30 ming kishidan oshib ketdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
BigPicture Xitoyda davom etayotgan murakkab epidemik vaziyat naqadar og‘irligini ifodalangan suratlar to‘plamini e’lon qildi.
Mamlakatdagi barcha tibbiyot xodimlari epidemiya o‘chog‘iga borishga majbur. Suratda tibbiyot brigadasi a’zosi Uxanga borishdan oldin ko‘z yoshlarini artmoqda.

Foto: BigPicture
Shifokor ayol turmush o‘rtog‘i bilan xayrlashmoqda.

Foto: BigPicture
Uxandagi tibbiyot xodimlariga juda qiyin. Suratda navbatdagi ish smenasidan chiqqan shifokorning qo‘llari.

Foto: BigPicture
Virus tezlik bilan tarqalayotgani sabab xitoyliklar ko‘chaga juda kam chiqishmoqda. Suratda Pekindagi doimo gavjum bo‘ladigan Tyananmen maydoni.

Foto: BigPicture
Uxan shahrining o‘zi ham arvoh-shaharga aylanib qolgan.

Foto: BigPicture
1,3 milliard aholisi bor Xitoyda niqob taqmagan insonni uchratmaysiz.

Foto: BigPicture
Niqoblar barchaga yetmayotgani sababli ayrim xitoyliklar boshqa himoya vositalaridan foydalanmoqda.

Foto: BigPicture
Odamlar, asosan, bolalar va qariyalarning xavfsizligini ta’minlashga urinmoqda, chunki ular kasallik qarshisida zaifdir.

Foto: BigPicture
Bu yangi niqob uchun dorixonalardan birining oldidagi navbat.

Foto: BigPicture
Barcha aholining tana harorati muntazam o‘lchab turilmoqda.

Foto: BigPicture
Odamlar iloji boricha supermarketlardan uzoq muddatga yetadigan yeguliklarni olishga urinmoqda.

Foto: BigPicture
Shu sabab ko‘plab do‘konlarda taqchillik yuzaga kelgan.

Foto: BigPicture
Ayrim davlatlar kasallik xavfi sabab o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilib bo‘ldi.

Foto: BigPicture
Koronavirusga chalingan ayol sog‘lom farzandni dunyoga keltirdi.

Foto: BigPicture
