Xitoyda koronavirus ilk bor aniqlanganda u haqda yashirib, kasallik tarqalishiga sabab bo‘lgan mansabdorlar qidirilmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Foto: Reuters
Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy komissiyasi Xubey provinsiyasi rasmiylari epidemiya tarqalishiga ko‘z yumgan bo‘lishi mumkinligini gumon qilmoqda — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. Jumladan, ular koronavirus haqida ma’lumot tarqatgan shifokor Li Venlyanning ogohlantirishlarini e’tiborsiz qoldirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, bugun, 7-fevral kuni, olamdan o‘tgan shifokor va uning 7 nafar hamkasbi mahalliy politsiya bo‘limiga chaqirtirilgan va tanbeh berilgan. Shuningdek, ulardan virus haqida boshqa ma’lumot tarqatmaslik to‘g‘risida majburiy yozma xat olingan.