Xitoyda 2019-nCoV koronavirusi oqibatida vafot etganlar soni 722 kishiga yetdi. Bu haqda Xitoy sog‘liqni saqlash davlat komissiyasi xabar berdi.

Foto: EPA

Shu bilan birga, butun dunyo bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 724 kishini tashkil etmoqda. Xitoydan tashqari o‘lim holatlari — Gonkong va Filippinda qayd etilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. Butun dunyo bo‘ylab koronavirusni yuqtirib olganlar soni 34 872 kishiga yetgan. 1 568 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Virus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasida 699 kishi vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, hukumat komissiyasi qarori bilan 4,6-fevral kunlari O‘zbekistonga Pekin shahridan 2 ta hamda Uxan shahridan 1 ta charter reyslar orqali jami 584 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi. Fuqarolarning barchasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra maxsus tayyorlangan muassasalarga joylashtirildi va 14 kun muddat davomida (kasallikning yashirin davri) tibbiy nazoratga olingan.

От qwert.uz