Avvalroq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qo‘shni davlatlar oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolariga o‘qishini respublika OTMlariga ko‘chirishga ruxsat berilgani haqida xabar bergan edi K — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. eyinroq vazirlik xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish va ko‘chirib qayta tiklash tartibiga hech qanday o‘zgartirish kiritilgani yo‘qligini, bu bo‘yicha barcha jarayonlar Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-sonli qarori asosida amalga oshirilayotganini ma’lum qilgandi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bu masalada savol, taklif, mulohaza va murojaatlar uchun @zamonaviytalim_bot botini tashkil etgan. Vazirlik eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblarni e’lon qildi.

Foto: “Sof.uz”

Hujjatlarni talabaning o‘zi topshirishi kerakmi yoki yaqin qarindoshlari tomonidan ariza to‘ldirish mumkinmi?

Respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza bevosita talabgorning o‘zi tomonidan joyida to‘ldiriladi hamda zarur hujjatlar taqdim etiladi.

Hududiy ishchi guruhlarga qanday hujjat taqdim etiladi?

Fuqarolardan hududiy ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari so‘raladi:

  • ariza (joyida to‘ldiriladi);
  • reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma (transkript) nusxasi;
  • pasport nusxasi.

Nodavlat oliy ta’lim muassasasidan ham o‘qishni ko‘chirish ruxsat etiladimi?

Respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha murojaat qilish uchun qo‘shni davlatlarda tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasining mulkchilik shakli bo‘yicha cheklovlar yo‘q. Davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari talabalari birdek o‘qishni ko‘chirishlari mumkin. Faqatgina o‘z davlatida oliy ta’lim muassasasi sifatida davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan bo‘lishi lozim.

Sirtqi va kechki ta’limda tahsil oladiganlar ham ariza topshirishi mumkinmi?

Qo‘shni davlatlar oliy ta’lim muassasalarida istalgan ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirishlariga ruxsat etiladi.

Qaysi davlatlarda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarga o‘qishini ko‘chirish uchun ruxsat etiladi?

O‘zbekiston ta’lim muassasalariga muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020-yil 4-fevraldagi 12-son bayoni bilan qo‘shni davlatlari – Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirishga ruxsat beriladi.

Rossiya, Ukraina boshqa MDH davlatlari, xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan talabalar amaldagi tartibga ko‘ra, hududiy ishchi guruhlarga 2020-yilning 15-iyuldan 5-avgustga qadar murojaat qilishlari mumkin.

O‘qishni budjetga ko‘chirsa bo‘ladimi?

Qo‘shni davlat oliy ta’lim muassasalarida budjet va to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalar O‘zbekiston OTMlariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirishlari mumkin. Bunda O‘zbekistonga o‘qishni ko‘chirishda to‘lov-kontrakt asosida ko‘chirishga ruxsat beriladi.

Budjetda o‘qish uchun yozda tanlovda ishtirok etish talab etiladi.

Qaysi kurs talabalariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi?

Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan barcha talabalarga kursidan qat’iy nazar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirishga ruxsat beriladi.

Qanday ta’lim yo‘nalishlardan o‘qishni ko‘chirish mumkin? Huquqshunoslik, tibbiyot va iqtisod yo‘nalishlarida tahsil olayotganlar ham o‘qishini ko‘chirishlari mumkinmi?

Qo‘shni davlatlardan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish uchun ariza topshirishda ta’lim yo‘nalishi borasida hech qanday cheklov yo‘q. Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlaridagi oliy ta’lim muassasalarida istalgan ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirishga ruxsat beriladi.

Akademik qarzdor talabalar ham o‘qishini ko‘chirishi mumkinmi?

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida nizomga ko‘ra, bu holatda talaba akademik qarzdor sifatida o‘qishga qabul qilinadi, ya’ni o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi.

Talaba qaysi OTMga o‘qishini ko‘chirgan bo‘lsa, o‘sha OTMda joriy semestr davomida akademik qarzdorlikni bartaraf etishi mumkin.

От qwert.uz