Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ayni vaqtda mamlakat hududida 42 638 kishida kasallik holati qayd etilgani haqida ma’lum qildi. Koronovirus haqida 11 fevralning muhim xabarlari.

Kasallanganlar va vafot etganlar

Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 1016 kishidan oshib ketdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda mamlakat hududida 42 638 kishida kasallik holati qayd etilgan. 37 726 kishi hozirda davolanishda bo‘lib, ulardan 7333 nafarining ahvoli og‘ir. Jami 3996 kishi kasallikdan davolanib, tibbiyot muassasasidan uyiga javob berib yuborilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. 

Foto: Сentralmaine.com

Turkmanistonning Lebob viloyatida koronavirus kasalligidan bir kishi vafot etdi. U Xitoydan evakuatsiya qilingan Turkmaniston fuqarolaridan biri bo‘lgan. Qayd etilishicha, marhum haqidagi ma’lumotlar qat’iy sir saqlanmoqda. Shuningdek, Lebob viloyatidagi karantinda og‘ir ahvolda o‘rta yoshli fuqaro saqlanayotgani aytilmoqda.

Rossiyaning Tyumen shahrida koronavirusdan tuzalgan talaba qizga uyiga javob berildi. Laboratoriya tekshiruvlari qizning butunlay sog‘ayganini ko‘rsatgan. Bemor qiz bilan muloqotda bo‘lgan boshqa talabalarda virus aniqlanmagan. Ularga ham karantindan so‘ng uyiga ruxsat beriladi.

Rossiyada 20 ming nafar odam koronavirus tufayli nazoratga olingan, AQShda esa koronavirusga chalingan odamlar soni 13 nafarni tashkil qilmoqda.

Foto: Global Look Press

Yaponiyada koronavirus bilan kasallangan 161-bemor qayd etildi. Ulardan 135 nafari Yokogama portiga kelgan paytda ichida 3700 kishi bo‘lgan Diamond Princess sayohat kemasi yo‘lovchilari va ekipaj a’zolaridir.

Janubiy Koreyada yangi turdagi 2019-nCoV koronavirusi bilan kasallangan 28-bemor qayd etildi. Virus avvalroq kasallangan fuqaro bilan aloqa qilgan 30 yoshli xitoy fuqarosida aniqlangan. Ayol Koyan shahridagi kasalxonaga yotqizilgan. Koreyada koronavirusdan tuzalgan to‘rt kishiga uyga javob berilgan, kasalxonalarda 24 nafar bemor davolanmoqda, 865 nafari esa tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

Vyetnamda koronavirusni yuqtirganlar soni 15 nafarga yetdi — kasallanganlar orasida uch oylik chaqaloq ham bor.

O‘zbekistondagi vaziyat

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi yanvar oyidan boshlab 10-fevral kunigacha koronavirus infeksiyasiga tekshirilgan 812 ta namunalarda koronavirus infeksiyasi topilmaganini xabar qildi. Koronavirusga qarshi markaziy shtab 10-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus kasalligi qayd etilmaganini ma’lum qildi.

Foto: Telegram

Sog‘liqni saqlash vazirligi respublikadagi maktabgacha ta’lim muassasalari rahbariyatiga bolalarni koronavirusdan saqlash bo‘yicha eslatma bilan chiqdi.

Jahondagi vaziyat

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyda tarqalgan koronavirusga qarshi kurash joriy yilning aprel oyida yakuniga yetishini bashorat qildi“Koronavirus bo‘yicha: odamlar kasallikning aprel oyida kunlar isishi natijasida yo‘q bo‘lib ketishini aytmoqda,” — deya Trampning gubernatorlar bilan uchrashuvda aytgan so‘zlarini keltirgan press-pul.

Foto: Washington Times

AQShda Milliy xokkey ligasi klublari va o‘yinchilari Xitoyda tarqalgan koronavirus sabab o‘yin klyushkalari taqchilligi muammosiga duch kelmoqda, deb yozadi Boston Globe. Ta’kidlanishicha, liga o‘yinchilarining qariyb 75 foizi Xitoydagi korxonalar tomonidan tayyorlanadigan klyushkalardan foydalanadi. Koronavirus tarqalishi sabab esa klyushkalarni yetkazib berish uzilib qolgan. Avvalroq 421 ta kompaniya shu yilning birinchi choragidagi daromadlari to‘g‘risidagi hisobotlarida Xitoyda tarqalgan koronavirus moliyaviy natijalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bildirgandi.

Xitoy taraqqiyot va islohotlar bo‘yicha milliy komissiyasi vakili Sun Lyan mamlakatdagi asosiy sanoat tarmoqlari bo‘yicha korxonalar koronavirus tarqalishi sharoitida ishlab chiqarishni davom ettirishni boshlaganini ma’lum qildi“Mamlakatdagi umumiy vaziyatdan kelib chiqsak, Xubey provinsiyasidan tashqari barcha joylarda ishlab chiqarish, ayniqsa, tibbiyot va oziq-ovqat mahsulotlari, energetika, transport va logistika kabi asosiy ishlab chiqarish sohalari o‘z faoliyatini asta-sekin tiklamoqda”, — degan Sun Lyan.

Foto: AP

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin tomonidan iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, bu orqali epidemik vaziyatning iqtisodiyotga ta’sirini tahlil qilish, uni kamaytirish va shu yil uchun ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot maqsadlarini belgilab olish kerakligi ma’lum qildi“Iqtisodiyotimizning uzoq kelajakdagi taraqqiyoti o‘zgarmasligiga ishonchni yanada mustahkamlash lozim. Epidemiyaning iqtisodiyotga ta’siri vaqtinchalik, muammolardan cho‘chimaslik kerak”, — degan Si Szinpin.

Shunigdek, Si Szinpin koronavirus tarqalishi sharoitida odamlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozimligini ta’kidladi. “Iste’molni barqarorlashtirish, onlayn-iste’mol sohasini rivojlantirish. Turli tashkilot va sanoat korxonalarining qayta ish boshlashini faollashtirish, epidemiya ta’sir ko‘rsatgan katta korxonalarga, eng avvalo, moddiy va kadrlar nuqtayi nazaridan zaruriy ko‘mak berish, ularning qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga yordam qilish kerak”, — deydi Si Szinpin.

Foto: France 24

Si Szinpin hukumatning barcha darajadagi rahbarlari tibbiyot xodimlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi, ularga muammolarni hal etishda yordam qilishi, shifokorlar xavfsizligini ta’minlashi zarurligi haqida gapirdi. “Biz ko‘p sonli tibbiyot xodimlariga g‘amxo‘rlik qilishimiz lozim, ular tanaffussiz kun-u tun bor kuchlari bilan kasallikka qarshi kurash olib bormoqda. Afsuski, tibbiyotchilar orasida koronavirusga yo‘liqqanlar ham kam emas, ayrimlar xastalik bilan kurashib vafot etdi”, — deyilgan Xitoy yetakchisi rasmiy saytidagi bayonotda.

Yaponiya hukumati koronavirus tufayli karantinga olingan Diamond Princess sayohat kemasidagi keksalar va surunkali kasalliklarga ega bemorlarni sohilga evakuatsiya qilishni boshladi. Kema yo‘lovchilarining yarmidan ko‘prog‘ini yoshi 70 dan oshganlar tashkil etmoqda.

Foto: “RBK”

Qozog‘iston koronavirus sabab Xitoydan 217 nafar fuqarosini evakuatsiya qildi, ular kamida uch kun karantinda bo‘lishadi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Eljan Birtanov xabar berdi“Bugun ertalab 217 kishi Pekindan Nur-Sultonga qaytib keldi”, — deydi vazir.

От qwert.uz