Sellofan ostiga yashiringan xitoyliklar, axlat titayotgan O‘rgimchak odam, Iroqqa yoqqan qor. 11-fevralning eng qiziqarli suratlari

Byqwert.uz

12 февраля, 2020

11-fevral, seshanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Xitoy

Koronavirus tufayli vafot etganlar soni Xitoyda mingdan oshib ketdi. Odamlar himoyalanish uchun polietilen sellofanlar ostiga yashirinmoqda  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. 

Foto: EPA

Nyu-Gempshir, AQSh

AQSh prezidenti Donald Tramp Nyu-Gempshirdagi saylovoldi mitingida Oq uy maslahatchisi, qizi Ivanka Tramp bilan salomlashmoqda.

Foto: Reuters

Yokogama, Yaponiya

Koronavirus tufayli karantinga olingan Diamond Princess kruiz kemasi yo‘lovchilarining qarindoshlari portda ular bilan telefon orqali so‘zlashmoqda. Kemada jami 135 kishida koronavirus aniqlangan. Karantin 19-fevralgacha davom etadi. Rasmiylar keksalar va bemorlarni evakuatsiya qilishni boshladi.

Foto: Reuters

Janubiy Sulavesi, Indoneziya

Sohil bo‘yida O‘rgimchak odam kiyimini kiyib olgan odam axlatlarni titmoqda.

Foto: Reuters

Pekin, Xitoy

Xitoy rahbari Si Szinpin Pekinda koronavirusning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirmoqda. U koronavirusga qarshi kurashda shifokorlarga yordam berishga chaqirdi.

Foto: Reuters

Iroq

Iroq shimoliga qor yog‘di.

Foto: Reuters

Nyu-Deli, Hindiston

Saylovlarda g‘alaba qozongan partiya tarafdorlarining xursandchiligi.

Foto: AP

Shanxay, Xitoy

Niqob taqib, polietilen paketga o‘ranib olgan yo‘lovchi Shanxay temiryo‘l stansiyasidan chiqib kelmoqda.

Foto: Reuters

London, Angliya

Sent-Jeyms parkidagi turist.

Foto: EPA

Nyu-York, AQSh

Moda haftaligida model Bella Hadid dizayner Oskar de la Rentaning liboslarini namoyish etmoqda.

Foto: Reuters

Kuang Nin, Vyetnam

Xitoyning Uxan shahridan evakuatsiya qilingan vyetnamliklar Van Don aeroportida kutib olinmoqda.

Foto: Reuters

Byuken, Avstraliya

Fermer Jeff Makkol o‘g‘li tomonidan yasalgan uy modelini ushlab turibdi. Viktoriyadagi o‘rmon yong‘inlarida ushbu oilaning uyi yonib ketgan.

Foto: Reuters

Pekin, Xitoy

Koronavirusdan himoyalanish uchun xavfsizlik choralarini ko‘rgan temiryo‘l yo‘lovchisi.

Foto: EPA

Antarktida

Ikki Hammok oroli yaqinida suzayotgan pingvinlar.

Foto: Reuters

Delaver, AQSh

Afg‘onistondagi hujum chog‘ida halok bo‘lgan maxsus xizmat serjanti Xavyer Gutyerresning jasadi keltirilgan AQShga keltirildi. AQSh prezidenti Donald Tramp va vitse-prezident Mayk Pens marhumning xotirasiga hurmat ko‘rsatmoqda.

Foto: Reuters

Shandun, Xitoy

Sanoat zonasida dezinfeksiyani amalga oshirayotgan ishchi.

Foto: Reuters

Bayrut, Livan

Livanda hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda.

Foto: EPA

Gerrero, Meksika

Ayaxualatempa qishlog‘idagi bolalar o‘yinchoq qurollar misolida quroldan qanday foydalana olishini ko‘rsatmoqda. Politsiya narkosavdogarlardan himoyalanish uchun bolalarga quroldan foydalanishni o‘rgatmoqda.

Foto: Reuters

Yunnan, Xitoy

Gullar auksionidagi niqob taqqan savdogarlar.

Foto: Reuters

York, Angliya

Yorkda daryo suvi ko‘tarilishi oqibatida bir necha obyektlar suv ostida qoldi.

Foto: Getty Images

Singapur

Singapore Airshow 2020 xalqaro aviasaloni ochildi. Koronavirus tufayli ko‘plab aviakompaniyalar bu yilgi ko‘rgazmada ishtirok etishdan bosh tortdi.

Foto: EPA