Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi mamlakat hududida 44 653 kishida kasallik holati qayd etilgani haqida ma’lum qildi. Infeksiya sabab vafot etganlar soni ming kishidan oshib ketdi. Koronovirus haqida 12-fevralning muhim xabarlari “Daryo” oqshomi dayjestida  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. 

Kasallanganlar va vafot etganlar

Xitoy Sog‘liqni saqlash davlat komissiyasi mamlakatda COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar soni 1113 kishiga yetgani haqida xabar berdi. Xitoy bo‘ylab virusni yuqtirib olganlar soni 44 653 kishini tashkil etmoqda, shu kunga qadar ularning 4740 nafari davolangan, 8204 odam og‘ir ahvolda, kasallar bilan aloqda bo‘lgan yana 185 ming kishi nazorat ostiga olingan.

Foto: France 24

Ma’lum qilinishicha, Xitoyda so‘nggi sutka davomida 2015 kishida koronavirus aniqlangan — bu 30-yanvardan buyon eng past ko‘rsatkich. Vafot etganlarning aksariyati Xubey provinsiyasidan.

Yaponiya sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vaziri Katsunobu Kato mamlakat qirg‘og‘ida karantinda turgan Diamond Princess sayohat kemasida koronavirusga chalingan yo‘lovchilar soni 39 kishiga oshib, 174 nafarga yetganini ma’lum qildi. Shuningdek, karantinni kuzatishga mas’ul bo‘lgan ofitserlardan biri ham kasallikka chalingani aytilmoqda.

Foto: Reuters

Bavariya Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘raGermaniyada koronavirus yuqtirganlar soni 16 kishiga yetdi. Germaniyada koronavirus bilan kasallanish holati birinchi marta 28-yanvar kuni qayd etilgan. 2-fevralga kelib esa 8 kishini tashkil etgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, koronavirus bilan 40,5 ming odam kasallangan. Tashkilot rahbari Tedros Adan Gebreyesusning ma’lum qilishicha, COVID-19 ga qarshi ilk vaksinalar yarim yildan so‘ng tayyor bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga Gebreyesusning aytishicha, bugungi kunda kasallikning oldini olishning ko‘plab usullari mavjud.

O‘zbekistondagi vaziyat

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Turkmanistonda koronavirusdan bir kishi vafot etganligi haqidagi xabarlarga izoh beribvazirlik Turkmanistonda koronavirus qayd etilgani haqida ma’lumot kelib tushmaganini ma’lum qildi“Ular bilan ma’lumotlar almashish yo‘lga qo‘yilgan va bu axborot almashinuvini davom ettiramiz”, — degan sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga.

Foto: Xalqaro press klub

O‘zbekiston 12-fevral, chorshanba kuni, Xitoyga eng zaruriy tibbiy anjomlar, xususan, Xitoyda ayni paytda talab etilayotgan bir marta qo‘llanadigan steril qo‘lqoplar, himoyalovchi ustki kiyim, niqob va boshqalar mavjud bo‘lgan gumanitar yuk yubordi“Xitoy qudratli davlat, ular ko‘p amaliy ishlarga qo‘l urgan, sa’y-harakatlar qilinmoqda. Bu davlatning qudrati va imkoniyatlarini inobatga olgan holda, ular sinovni yengib o‘tishiga ishonamiz. O‘zbekiston do‘st va hamkor sifatida XXRga har tomonlama yordam ko‘rsatadi. Bu ham ma’nan, ham amaliy yordam bo‘ladi. Buning isboti o‘laroq, Prezidentimiz tomonidan Xitoyga gumanitar yordam yuborish bo‘yicha farmoyish imzolandi”, — dedi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Ahatov.

IIV saytidan skrinshot

Ichki ishlar vazirligi rasmiy saytida koronavirus O‘zbekistonga ham yetib kelgani haqida vahima uyg‘otadigan “Koronavirusga chalingan bemor izolyatsiya qilindi” nomi ostida xabar chiqdi. Ushbu xabar IIVning Telegram’dagi sahifasida ham shu sarlavha ostida chiqdi.

Xabarda maxsus himoya vositalari kiygan tibbiyot xodimlari bemorni tibbiy yordam mashinasiga yotqizayotgani tasvirlangan surat aks etganAslida bu koronavirus bilan chalingan bemorni izolyatsiya qilish bo‘yicha o‘tkazilgan o‘quv mashg‘uloti. Keyinroq IIV Telegram’dagi postini, so‘ng saytdagi xabarni o‘chirib yubordi. Biroq bu vaqtgacha post ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishga ulgurgandi.

Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga “Navoiy” xalqaro aeroportida koronavirus infeksiyasining viloyat hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazilgani haqida xabar berdi.

Foto: Uchtepa tumani hokimligi

Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimligi xabar berishicha, tumanda joylashgan “Farhod” va “O‘rikzor” bozorlarida koronavirusga qarshi dezinfeksiya o‘tkazilgan. Hokimiyat qo‘shimcha sifatida tumandagi har bir tibbiy muassasada zaxira xonalari hamda dori vositalari tayyorlanganini ma’lum qilgan.

Jahondagi vaziyat

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) avval 2019-nCoV deb e’tirof qilingan koronavirus infeksiyasiga yangi nom berdi. Tashkilot qaroriga muvofiq, infeksiya COVID-19 nomini olgan, bu Corona Virus Disease jumlasining qisqartmasi (“koronavirus keltirib chiqaradigan kasallik”) va mos ravishda virus tarqalgan yil (2019).

Xitoydagi yuzlab kompaniyalar banklardan jami 8,2 milliard AQSh dollari miqdorida qarz so‘ramoqda. Kompaniyalarning ayrimlari epidemiyaga qarshi kurashga jalb etilgan, muayyan qismi koronavirus tarqalishi oqibatida jiddiy ziyon ko‘rgan. Qarz so‘ragan kompaniyalar orasida smartfonlar ishlab chiqaruvchi Xiaomi ham bor.

Foto: Shutterstock/Fotodom

Xitoylik shifokorlar yangi koronavirusni aniqlash bo‘yicha har ikki sinov ham noto‘g‘ri natija berishi mumkin, shuning uchun, kasallik bilan bog‘liq haqiqiy holatlar soni kamida ikki baravar ko‘p bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Bunga sabab esa yangi koronavirusni tekshirish paytida noto‘g‘ri natijalar juda ko‘p bo‘lganligini ta’kidlanmoqda.

Foto: Reuters

Uxanda koronavirus bilan kasallanganlarni davolash uchun qurilgan vaqtinchalik kasalxonalardan birida hamshiralar bemorlarni xursand qilish maqsadida ommaviy raqs tashkillashtirdi. Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda yashin tezligida tarqalib, foydalanuvchilarda ijobiy taassurot qoldirgani aytilmoqda.

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yashovchi Alla ismli ayol Xitoydan qaytganidan so‘ng 14 kunlik koronavirus karantinga joylashtirilgan kasalxonadan qochib ketdi32 yoshli ayol 7-fevral, juma kuni, kasalxonadagi karantin izolyatoridan qochib ketgan. Ammo bu haqda endi ma’lum bo‘lgan.Yana bir shunga o‘xshash voqea Samara shahrida yuz bergan. Guzel Neder ismli ayol bolasi bilan karatin uchun joylashtirilgan kasalxonadan qochib ketganini ma’lum qilgan. Ayol ko‘rsatma berish uchun politsiyaga chaqirilgan.

Foto: “RBK”

Italiyaning Rim shahrida politsiya ko‘chada bir guruh xitoyliklarni ta’qib qilib, ularni koronavirus tarqatishda ayblagan o‘smirlardan birini qo‘lga oldi. O‘smirlar xitoyliklarga qarata “Koronavirusni bu yerga sizlar olib keldingiz, yo‘qolinglar bu yerdan!”, — deb baqirgan. Avvalroq Rimda koronavirusni yuqtirish holati qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.

От qwert.uz