Toshkent viloyatining Parkent tumanida 28 yoshli ayol 22 yoshli yigitni pichoqlab qo‘ydi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 4-fevral kuni taxminan soat 22:00 larda 28 yoshli M.Sh. ishdan qaytayotgan bo‘lgan. Ko‘cha boshida unga notanish bo‘lgan 22 yoshli A.T. bilan o‘rtalarida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. 

Janjal vaqtida ayol yonidagi ochilib yopiladigan pichoq bilan yigitning chap ko‘krak sohasiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan va hodisa joyidan yashiringan.

Yigit esa shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Holat yuzasidan M.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu moddada 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

От qwert.uz