12-fevral, chorshanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Tenchjou, Xitoy
Sanitar mashinasi Shandun provinsiyasi sharqidagi ko‘chani dezinfeksiya qilmoqda. Xitoyda koronavirus tufayli hozirgacha 1100 dan ortiq odam hayotdan ko‘z yumdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: AFP
Arbil, Iroq
Kurd maxsus otryadi a’zolari harbiy lagerda o‘z mahoratini ko‘rsatmoqda.
Foto: Reuters
Nyu-York, AQSh
Nyu-Yorkda 144-marta o‘tkazilgan itlar ko‘rgazmasida Siba laqabli pudel g‘olib chiqdi.
Foto: Reuters
Nazare, Portugaliya
Germaniyalik Sebastyan Shteudtner syorfing bo‘yicha musobaqada to‘lqinlar uzra harakatlanmoqda.
Foto: AP
Nottingemshir, Buyuk Britaniya
Shahzoda Charlz va shahzoda Uilyam Nottingemshirdagi Mudofaa tibbiyot reabilitatsiya markaziga tashrif buyurdi.
Foto: Reuters
Gonkong
Koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan parom yo‘lovchilari.
Foto: AFP
San-Salvador, Salvador
San-Salvadorda politsiya ofitserlari qasamyod keltirdi.
Foto: EPA
San-Fransisko, AQSh
San-Fransiskoda Samsung’ning bir qator yangi modellari namoyish etildi. Suratda Samsung’ning Buyuk Britaniyadagi marketing bo‘limi boshlig‘i Rebekka Xyorst buklanuvchi Z Flip smartfonini ommaga tanishtirmoqda.
Foto: Reuters
Idlib, Suriya
Aleppodan ko‘chirilgan suriyaliklar o‘z yuklari bilan avtomobilda ketmoqda.
Foto: Reuters
Korsika, Fransiya
O‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun suv to‘kayotgan samolyot.
Foto: AFP
Kaliforniya, AQSh
Xitoydan evakuatsiya qilingan amerikaliklar karantin yakunlanganidan so‘ng himoya niqoblarini osmonga otib, xursandchilik qilmoqda.
Foto: Reuters
Sankt-Peterburg, Rossiya
Leningrad hayvonot bog‘ida sug‘urlar iliq qish tufayli qishki uyqudan 1,5 oy avval uyg‘ondi.
Foto: “TASS”
Nyutaunards, Shimoliy Irlandiya
Kembrij gersoginyasi Ketrin mehribonlik uyi bolalari bilan fermaga tashrif buyurdi.
Foto: EPA
Bayrut, Livan
Livanda hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda.
Foto: Reuters
Nyu-Gempshir, AQSh
Demokratlardan AQSh prezidentligiga nomzod Elizabet Uorren Nyu-Gempshirdagi dastlabki saylovlarda o‘z tarafdorlariga kulcha tarqatmoqda.
Foto: Reuters
Buyuk Britaniya
Nyuxeyvendagi to‘g‘onga katta to‘lqinlar kelib urilmoqda.
Foto: Reuters
Hindiston
Hindistonda musulmon bo‘lmagan migrantlarga fuqarolik berish to‘g‘risidagi qonun tufayli norozilik namoyishlari davom etmoqda.
Foto: “TASS”
Banda Achex, Indoneziya
Freskalar oldidan o‘tayotgan bola.
Foto: AFP
Kaliforniya, AQSh
Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Ivodzimadagi janglarda yaralangan mayor Bill Uayt Stoktondagi qariyalar uyida evaralari bilan o‘tiribdi. Valentin kuni munosabati bilan Uaytga minglab telegrammalar yuborilgan.
Foto: Reuters
Portsmut, Buyuk Britaniya
Portsmutdagi muzeyda Dodo qushining skeleti namoyish etilmoqda.
Foto: EPA