Prezident Shavkat Mirziyoyevning 12-fevraldagi farmoyishiga muvofiq, O‘zbekiston koronavirus yangi turining keng tarqalishini oldini olish, epidemiologik vaziyatni jilovlash hamda uni mahalliylashtirish, kasallikka qarshi kurash harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xitoyga insonparvarlik yordami jo‘natadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. 

Foto: “Daryo”

Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmatidan “Daryo”ga berilgan axborotga ko‘ra, gumanitar yuk tarkibida eng zaruriy tibbiy anjomlar, xususan, Xitoyda ayni paytda talab etilayotgan bir marta qo‘llanadigan steril qo‘lqoplar, himoyalovchi ust kiyim, niqob va boshqalar mavjud. Yuk O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Xitoyga yetkaziladi.

Foto: “Gazeta.uz”

Qo‘shimcha qilinishicha, gumanitar yordamning ikkinchi partiyasi ham shakllantirilmoqda. Mamlakatdagi to‘qimachilik korxonalarida Xitoyga yuborish maqsadida tibbiy niqob va himoya kiyimlari tayyorlanmoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

Avvalroq yangi koronavirus infeksiyasiga Covid-19 deb nom berilgani, 12-fevral holatiga kra ushbu kasallik oqibatida vafot etganlar soni 1100 kishidan oshib ketgani haqida xabar berilgan edi. 11-fevral kuni Turkmanistonda koronavirusdan bir kishi vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi, biroq bu rasman tasdiqlanmadi.

От qwert.uz