Xitoyning Xubey provinsiyasida COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 1843 ta yangi holat aniqlandi. Kasallik qurbonlari soni esa 139 kishiga ko‘paydi, deya xabar bermoqda sog‘liqni saqlash bo‘yicha hududiy komissiya sayti  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Reuters

Shunday qilib, provinsiya bo‘yicha koronavirus bilan xastalangan bemorlar soni 56,2 ming kishidan oshib ketdi, halok bo‘lganlar soni esa 1596 kishiga yetdi. Hozirda 39 447 kishi shifoxonada davolanmoqda, ulardan 1957 nafarining ahvoli juda og‘ir.

Yangi turdagi koronavirus epidemiyasi 2019-yil dekabrida, Xubey provinsiyasi ma’muriy markazi Uxan shahrida boshlangan edi. Keyinchalik Xitoyning qolgan barcha hududlarida, shuningdek, AQSh, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Yaponiya, Tailand, Misr va boshqa davlatlarda ham ushbu kasallik qayd etildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 15-fevral holatiga ko‘ra 50 580 kishi ushbu kasallik bilan xastalangan, shundan 50 054 kishi xitoylik edi. Xitoydan tashqarida 526 ta kasallanish holati qayd etilgan, shundan ikki kishi vafot etgan. Xususan, 15-fevral kuni Fransiyada koronavirusdan vafot etish bilan bog‘liq Yevropadagi ilk holat qayd etilgan edi. Halok bo‘lgan shaxs Xubeydan kelgan sayyoh bo‘lib, u yanvar oxirida shifoxonaga yotqizilgan edi.

От qwert.uz