Panama huquq-tartibot idoralari 5 tonna kokain olib ketayotgan suvosti kemasini qo‘lga tushirdi. Bu haqda Panama milliy havo-dengiz xizmati Senan Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Head Topics
Xabarda keltirilishicha, kokain olib ketilayotgan suvosti kemasining bortida to‘rt nafar kolumbiyalik bo‘lgan.
FRECUENCIA INFORMATIVA@frecuenciainfo1
Cinco toneladas decomisaron las autoridades en una embarcación sumergible al noreste de la provincia de Bocas del Toro. Se aprehendieron a 4 colombianos.
2910:19 PM — Feb 19, 2020Twitter Ads info and privacy51 people are talking about this
Foto: Telemetro
Foto: ECO TV Panamá
2019-yilning dekabr oyida Urugvay poytaxti Montevideo aeroportida bojxona xizmati xodimlari tomonidan 4,4 tonna kokain daliliy ashyo sifatida olingandi. Giyohvand moddalarning konteynerlarda soya urug‘i bilan birga olib kelingani aniqlangan. Urugvay hukumati ushbu partiyaning umumiy qiymatini 1,1 milliard dollarga baholab, mamlakat tarixidagi eng katta narkotik olib kirishga urinish deb baholagandi.
Shuningdek, 2019-yilning oktabr oyida Pokiston sohilni qo‘riqlash xizmatining 2,6 tonna narkotikni fosh etgani xabar qilingan.