Italiya fuqarosi Jorjo Geno Toshkentda ijaraga olingan xonadonida o‘lik holda topildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati tasdiqladi.  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Foto: Il Gazzettino

Xabarga ko‘ra, 16-fevral, yakshanba kuni soat 23:00 da Mirobod tumani IIB FMBga F.B.dan — 1992-yilda tug‘ilgan Jorjo Geno vaqtinchalik propiska qilingan xonadon egasidan tezkor xabar kelib tushgan.

Voqea joyi ko‘zdan kechirilgan vaqtda xonadon eshigi buzilgani, xonalardagi buyumlar tartib holda ekani, halok bo‘lgan odamning tanasida tashqi jarohatlar yo‘qligi aniqlangan.

O‘lim sababini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi o‘tkazilishi belgilangan. Tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura

Jorjo Genoning o‘limi haqidagi xabarlar Italiya OAVda 20-fevral, payshanba kuni tarqalishni boshlagan. Xabarlarga ko‘ra, yigitning ota-onasi uch kun davomida u bilan bog‘lana olmagan va mahalliy hokimiyat vakillaridan bu borada yordam so‘ragan, yakunda Geno kvartirada o‘lik holda topilgan.

Jorjo Geno ko‘p yillar davomida xorijda, jumladan, Avstraliya va Sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan aksar mamlakatlarda yashagan. U O‘zbekistonga bir necha oy ilgari kelgandi. Ota-onasining so‘zlariga ko‘ra, Jorjoning sog‘lig‘i joyida bo‘lgan va u bodibilding bilan shug‘ullangan.

Foto: Il Messaggero

Avstraliyaning Star Now saytida berilgan ma’lumotda Jorjo Genoning ijodni endi boshlagan aktyor va model ekani yozilgan.

От qwert.uz