21-fevral, juma kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Ray, Eron
Parlament saylovlarida ovoz berish uchun navbatini kutayotgan ayollar — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: EPA
Xubey, Xitoy
Yunmen uyezdidagi shifoxonaning tibbiyot xodimlari kompyuter tomografiyasi natijalari bilan tanishmoqda. Xitoyda koronavirus tufayli vafot etganlar soni 2200 nafardan oshib ketdi.
Foto: Reuters
Vena, Avstriya
Venada an’anaviy 64-bal mavsumi boshlandi.
Foto: Getty Images
Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni
Podshoh saroyida Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz as-Saud AQShdagi Saudiya Arabistoni elchisi Rima bint Bandar bilan ko‘rishmoqda. AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo ularni kuzatib o‘tiribdi.
Foto: Reuters
Milan, Italiya
Model Kayya Gerber moda haftaligida Moschino kolleksiyasidagi libosni namoyish etmoqda. Kayya 90-yillardagi supermodel Sindi Kroufordning qizi hisoblanadi.
Foto: Getty Images
Poltava, Ukraina
Noviye Sanjari qishlog‘i aholisi Xitoydan evakuatsiya qilingan hamyurtlarining qishloqqa kirmasligi uchun yo‘lni to‘sib qo‘ydi.
Foto: Reuters
Noviye Sanjari qishlog‘i aholisi Uxandan evakuatsiya qilingan ukrainaliklarning avtobuslarini toshbo‘ron qildi.
Foto: Reuters
Azaz, Suriya
Qochoqlar lagerida qo‘lida non ushlab turgan qizaloqning xursandchiligi.
Foto: Reuters
Mumbay, Hindiston
Hindistonda AQSh prezidenti Donald Trampning tashrifiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Foto: Getty Images
Ahmadobod, Hindiston
Ishchilar Donald Tramp va Hindiston bosh vaziri Narendra Modining suratini devorga chizmoqda. Shahar ma’muriyati AQSh prezidenti o‘tadigan yo‘l bo‘yidagi xarobalarni devor bilan o‘rab qo‘ygani uchun tanqid ostida qoldi.
Foto: Reuters
Shanxay, Xitoy
Apple do‘konida haroratini o‘lchatish uchun navbatda turgan odamlar. Koronavirus tufayli mamlakatdagi ko‘plab muassasalar hali ham yopiqligicha qolmoqda.
Foto: Reuters
Toshkent
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev suv tozalash inshootlari quvvatini oshirish bo‘yicha loyihalar bilan Shavkat Mirziyoyevni tanishtirmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Eron
Eronda o‘tkazilgan parlament saylovlarida ovoz bergan ayol.
Foto: EPA
Passo Fedaya, Italiya
Alp tog‘laridagi qutqaruvchilar oyiga ikki marta o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun to‘planadi. Ularning aksariyati ko‘ngillilar hisoblanadi.
Foto: Reuters
Xanoy, Vyetnam
Noybay aeroportidagi Vietnam Airlines samolyoti bortini dezinfeksiya qilayotgan tibbiyot xodimi. Koronavirus tufayli ko‘plab aviatashuvchilar Xitoyga reyslarni bekor qildi.
Foto: Reuters
Viktoriya, Avstraliya
Viktoriya shtatida beshta poyezd vagoni va lokomotiv relsdan chiqib ketdi. Hodisa oqibatida ikki kishi vafot etdi.
Foto: EPA
Buenos-Ayres, Argentina
Veterinar ekoparkda 54 yoshli Osiyo filiga olma bermoqda.
Foto: Reuters
Uxan, Xitoy
Koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahridagi yo‘llardan biri velosipedlar bilan to‘sib qo‘yilgan.
Foto: Reuters
Las-Vegas, AQSh
Donald Tramp “Mahbuslar uchun umid” dasturi bitiruvchisiga diplom topshirmoqda.
Foto: Reuters
Kalkutta, Hindiston
Maha Shivaratri bayramida ibodat qilayotgan ayol.
Foto: Reuters
Lome, Togo
Togo prezidentligiga nomzod Jan-Pyer Fabrning tarafdorlari prezidentlik saylovi kampaniyasi doirasidagi yakuniy miting oldidan ko‘chaga chiqdi. Fabr Togoni 50 yildan ortiq vaqt davomida boshqargan Gnassingbelar oilasi vakili For Gnassingbe ustidan saylovda g‘alaba qozonishni maqsad qilgan.
Foto: AFP
Kran-Montana, Shveysariya
Avstriyalik Nina Ortlib tog‘-chang‘i sporti bo‘yicha jahon chempionati musobaqasida.
Foto: AFP