Samarqandning Mahmud Koshg‘ariy ko‘chasida 35-maktab oldida homilador ayol va besh yoshli o‘g‘lini simyog‘och bosib qoldi, deya xabar bermoqda Repost.

Foto: Repost

Hodisa guvohlaridan birining ta’kidlashicha, avvaliga qarsillagan baland ovoz, so‘ng bolaning yig‘isi eshitilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Shundan so‘ng bir necha kishi voqea joyi yaqinidan o‘tib ketayotgan “tez yordam” mashinasini to‘xtatgan. “Ammo shifokorlar boshqa chaqiriqqa ketayotganini ro‘kach qilib, yordam bermagan”, — deyiladi “Xabar.uz” xabarida.

Qo‘ng‘iroq qilib chaqirilgan ikkinchi “tez yordam” brigadasi 15—20 daqiqa o‘tib yetib kelgan. Bungacha odamlarning o‘zi simyog‘ochni ko‘tarib, ayolni chiqarib olgan va jabrlanuvchilarni kasalxonaga yetkazib borgan. “E’tiborli tomoni, yordam berish uchun to‘xtagan taksi haydovchisi jabrlangan ayolning turmush o‘rtog‘i bo‘lib chiqqan”, — deyiladi xabarda.

Foto: Repost

Hodisa natijasida ayolda miya chayqalishi kuzatilgan, bir qator tan jarohatlari olgan. Bolaning esa oyog‘i jarohatlangani aytilmoqda. Ta’kidlanishicha, aholi simyog‘och avariya holatida turgani haqida bir necha bor shikoyat qilgan, ammo rasmiylar hech qanday chora ko‘rmagan.

От qwert.uz