Xitoyda uch haftadan beri yangi turdagi koronavirusning tarqalishi davom etmoqda. Meduza’ning yozishicha, rossiyalik fotojurnalist Kira Golikova o‘tgan vaqt mobaynida virus topilgan shahar — Uxandan 500 kilometr masofada joylashgan Chjenchjou shahrida yashab kelmoqda  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.  U aholisi 10 millionga yaqin bo‘lgan, biroq hozir ko‘chalarida biror odam ko‘rinmaydigan Chjenchjou shahrining buguni haqida hikoya qildi.

Foto: Kira Golikova / Meduza

Chjenchjouda 10 millionga yaqin odam istiqomat qiladi, biroq shahar yanvar oyining oxiridayoq, Xitoyda mahalliy Yangi yil bayrami boshlanishi arafasida bo‘shab qolgandi — aholining aksariyat qismi bayramni yaqinlari davrasida kutib olish uchun ona shaharlari va qishloqlariga tarqalib ketgan.

Virusning tarqalishi boshlangach, Chjenchjouda shahar transporti harakati to‘xtatildi va shaharlararo avtobuslar qatnovi bekor qilindi. Ko‘p o‘tmay, supermarketlar va birinchi galda zarur mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanadigan mayda rastalarni hisobga olmasa, ko‘plab do‘konlar va boshqa jamoat joylari ham yopildi. Hatto uyim oldidagi, men odatda qahva sotib oladigan KFC ham yopildi.

Foto: Kira Golikova / Meduza

Foto: Kira Golikova / Meduza

Foto: Kira Golikova / Meduza

Foto: Kira Golikova / Meduza

Meni karantinning beshafqatligi hayratda qoldirdi — ayrim uylarda xonadon egalariga faqat maxsus talon bilan haftasiga ikki marta tashqariga chiqishga ruxsat berilyapti. Boshqa mamlakatlardan uchib kelganlarni esa o‘z uyiga ikki haftaga qamab, eshigini muhrlashyapti, kerakli narsalarni esa ular uchun tayinlangan yordamchilar olib kelib beryapti. Biz yashaydigan turar joy majmuasida qizil bog‘ich taqib olgan, xuddi drujinniklar yoki fuqaro muhofazasi bo‘linmasi a’zolariga o‘xshash odamlar paydo bo‘ldi — ular majmuaga kirishda hatto hujjatlarni ham tekshiryapti.

Chor-atrofga aylangani chiqqanimda ko‘cha bo‘m-bo‘sh bo‘lsa-da niqobini yechmaydigan, unda-bunda o‘tib qoladigan o‘tkinchilarni ko‘raman. Bu manzara bir tomondan qiziq ko‘rinadi — chunki normal sharoitda Xitoyni huvillab qolgan holda ko‘rish imkonsiz. Boshqa tomondan — bu manzara odamni qo‘rqitadi ham.

Foto: Kira Golikova / Meduza

Foto: Kira Golikova / Meduza

Foto: Kira Golikova / Meduza

Foto: Kira Golikova / Meduza

Foto: Kira Golikova / Meduza

Foto: Kira Golikova / Meduza

Hozir Chjenchjou asta-sekin uyg‘onmoqda. Ko‘chada odamlar ko‘payib qolgan, kafe va restoranlar ham ishga kirishyapti — ular hozircha faqat taom yetkazib berish bilan shug‘ullanyapti. Biroq shahar hali ham juda kimsasiz ko‘rinadi. Shahar markazidagi maydonda Yangi yil bayramining “qoldiqlari” — dekoratsiyalar, chiqindi va paketlarga to‘la ariqlar, foydalanilmay qolgan lag‘mon qadoqlariga guvoh bo‘lish mumkin. Dorixonalarda niqob (“maska”)lar yo‘q va zaxiram tugasa, ko‘chaga qanday chiqishni hozircha bilmayapman — uyda bor-yo‘g‘i beshta niqob qolgan.

Biroq, mening fikrimcha, koronavirus atrofidagi vahima biroz bo‘rttirilgan. Odamlar yangiliklarga biroz tanqidiy yondashishlarini va tekshirilmagan axborotni tarqatmasliklarini xohlardim — aks holda ommaviy aqldan ozish hech gap emas.

Foto: Kira Golikova / Meduza

Foto: Kira Golikova / Meduza

Foto: Kira Golikova / Meduza

Foto: Kira Golikova / Meduza

От qwert.uz