Yakuniga yetayotgan haftaning eng qiziqarli suratlari jamlanmasini e’tiboringizga havola etamiz.
Uxan, Xitoy
Tungi vaqtda Fansan shifoxonasidagi bemorlar. Koronavirus tufayli hozirgacha Xitoyda vafot etganlar soni 2345 kishiga yetdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Getty Images
Florida, AQSh
Tribunadagi muxlislar Daytona 500 NASCAR poygasiga tashrif buyurayotgan Donald Trampning samolyotini kuzatmoqda.
Foto: AP Photo
Kilpisyarvi, Finlyandiya
Kilpisyarvi qishlog‘idagi shimol yog‘dusi.
Foto: Reuters
Haydarobod, Hindiston
Dehqon bozori ishchisi yuklarni tushirganidan so‘ng hordiq chiqarmoqda.
Foto: AFP
Uxan, Xitoy
Koronavirusdan himoyalanish uchun qo‘lbola himoya vositalarini yasab olgan ayol. 20 mingdan ortiq bemor koronavirusdan tuzalishga erishdi, ammo Chendu shahrida COVID-2019 koronavirusidan tuzalib ketgan bemorning qayta kasallanish holati kuzatildi.
Foto: Reuters
Xereford, Angliya
“Dennis” dovuli tufayli suv ostida qolgan Uay vodiysida chiqqan kamalak.
Foto: Getty Images
Idlib, Suriya
Arixa tumanidagi vayronaga aylangan uylar.
Foto: Getty Images
Qashqadaryo
Yakkabog‘ tumanining “Tatar” qishlog‘idagi mashina yo‘lda sigvey uchayotgan bolakay.
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Kars, Turkiya
Ustini muz qoplagan Childir ko‘li ustida futbol o‘ynayotgan yoshlar.
Foto: Getty Images
Milan, Kolumbiya
Minasizlantirish guruhi a’zosi Kolumbiya junglilarida portlovchi moddalarni izlamoqda. 12 kishidan iborat minasizlantirish guruhining 8 nafar a’zosi ayollardan iborat.
Foto: Getty Images
Pekin, Xitoy
Koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan sotuvchi mijozlarni poylamoqda. Xitoydan qaytib, 14 kun karantinda bo‘lgan o‘zbekistonliklarning hech birida koronavirus aniqlanmadi.
Foto: Getty Images
Xaseke, Suriya
Qochoqlar lageridagi keksa ayol bolani opichlab olib ketmoqda. Urush harakatlari tufayli yuz minglar suriyaliklar o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi.
Foto: Getty Images
Tenberi Uels, Buyuk Britaniya
Britaniya g‘arbida “Dennis” dovuli sabab Tim daryosi o‘z o‘zanidan chiqib, tuv toshqinlariga olib keldi. Tenberi Uelsdagi qabristonda qabrtoshlar ham suv ichida qoldi.
Foto: Getty Images
Sankt-Peterburg, Rossiya
Oq-qora interyerli B&W kafesida suratga tushayotgan ayollar.
Foto: AFP
Liviya, Tripoli
BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Milliy rozilik harakati askari Liviya milliy armiyasi snayperidan yashirinishga urinmoqda.
Foto: Shutterstock
Manila, Filippin
Xitoyliklarning Filippinga kirishi taqiqlangani tufayli mamlakat iqtisodiyoti 487 million yevro yo‘qotishi bashorat qilinmoqda. O‘zbekistonda esa koronavirus epidemiyasiga qaramay xitoylik sayyohlar soni oshdi.
Foto: EPA
Florida, AQSh
Daytona-Bichdagi NextERA Energy 250 poygalari vaqtida ro‘y bergan avariya.
Foto: Reuters
Uxan, Xitoy
Koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxanda odamlarning harorati uyma-uy yurib tekshirilmoqda. Xitoy yangi koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlarini aprel oxirida boshlashi kutilmoqda.
Foto: Reuters
Elazig, Turkiya
17-fevral kuni Turkiyada yuz bergan zilzila oqibatida jabrlangan fuqarolar vaqtincha yashab turishi uchun yasalgan konteynerlar. Zilzilada uyi buzilgan yoki uyi shikastlangan fuqarolarning ehtiyojini qondirish uchun 4790 ta konteyner kerak bo‘ladi.
Foto: Getty Images
Kobul, Afg‘oniston
Ko‘chma sirk jonglyori.
Foto: EPA
Kembriya, Angliya
Uet-Sleddeyl suv ombori kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng.
Foto: “TASS”
Vatikan
Avliyo Petr maydonidagi it.
Foto: AP Photo