Armaniston Eronda koronavirus infeksiyasi tarqala boshlagani munosabati bilan islom respublikasi bilan chegarasini yopdi va ushbu mamlakat bilan aviaqatnovlarni ikki haftaga to‘xtatadi. Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Foto: Al Jazeera

Turkiya hukumati ham xuddi shunday choralar ko‘rishini ma’lum qilganAfg‘oniston va Gruziya Eron bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgan, Pokiston esa xuddi Armaniston va Turkiya kabi Eron bilan chegarani vaqtincha yopgan.

Eronda COVID-19 infeksiyasi tarqalishi oqibatida so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 43 kishi kasallangan. Yana sakkiz kishi ushbu kasallik sabab vafot etgan. Shunday qilib Eron koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha jahonda Xitoydan so‘ng ikkinchi mamlakatga aylandi.

От qwert.uz