26-fevral, chorshanba kuni, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida yashirin faoliyat olib borgan xalqaro terroristik tashkilot va ekstremistik oqim ta’siriga tushgan 21 kishining noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Foto: Ichki ishlar vazirligi

Ma’lum qilinishicha, mazkur shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida noqonuniy diniy yig‘ilishlar o‘tkazib, unda Suriyadagi xalqaro terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Shuningdek, ular mazkur tashkilotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, ushbu tashkilotlar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi 1-qismi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi doirasida Toshkent shahri va viloyati hududidagi 24 ta manzilda tintuv tadbirlari o‘tkazilgan hamda 21 kishi qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, ushbu shaxslarning yashash manzillaridan jinoyatga aloqador bo‘lgan ashyoviy dalillar topilgan hamda qonuniy tartibda rasmiylashtirilib olingan. Tergov-surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq Toshkentda “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilotiga aloqador bo‘lgan 21 kishi qo‘lga olingan edi. Shuningdek, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkentda 2019-yilning oktabr oyida hamda 2020-yilning boshida “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimining ikkita guruhi a’zolari qo‘lga olingan edi.

От qwert.uz