27-fevral, payshanba kuni, dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Robot shifoxonaga kelgan tashrifchining shaxsini aniqlamoqda. Robot, shuningdek, odamlarning haroratini o‘lchashi va koronavirusga qarshi dezinfeksiya qilishi mumkin.

Foto: Getty Images

Nyu-Delida fuqarolik to‘g‘risidagi yangi qonun tufayli 32 kishining o‘limiga olib kelgan to‘qnashuvlar yuz bergan hududda huquq-tartibot organlari xodimlari patrullik qilmoqda.

Foto: Reuters

Makkadagi Ka’ba oldida musulmonlar Umra amallarini bajarayotgan paytda koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan politsiyachi.

Foto: Reuters

O‘rmon yong‘inlari yuz bergan Avstraliyaning Kenguru orolidagi daraxtlar kurtak yoza boshladi.

Foto: Getty Images

Koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan koreyslar Seuldagi univermagda niqob sotib olish uchun navbatda turibdi.

Foto: Reuters

Donald Tramp Oq uyda koronavirusga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazdi.

Foto: Reuters

Nyu-Delida hinduiylar va musulmonlar o‘rtasida o‘nlab odamlarning o‘limiga olib kelgan to‘qnashuvlar yuz bergan hududda hinduiy qizning to‘yi bo‘ldi. To‘yda musulmon qo‘shnilar ham mehmon bo‘ldi.

Foto: Reuters

Braziliya mudofaa vaziri Uxandan evakuatsiya qilingan bolakayning karantin muddati tugaganidan so‘ng uni bag‘riga bosmoqda.

Foto: Reuters

Makkadagi Al-Harom masjidiga kelgan ziyoratchilar koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan. Hozircha Saudiya Arabistonida koronavirus bilan kasallanish holati qayd etilmadi.

Foto: Reuters

Rossiyaning Murmansk viloyatida shimol yog‘dulari mavsumi boshlandi.

Foto: “TASS”

Koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan bolalar Kuvaytning ozod etilishi kuni bayramini nishonlamoqda. Bu yil Kuvaytning Iroq okkupatsiyasidan ozod etilganiga 29 yil bo‘ldi.

Foto: Reuters

Madriddagi Zamonaviy san’at xalqaro yarmarkasi tashrifchisi.

Foto: Getty Images

Makkadagi Al-Harom masjidida namoz o‘qiyotgan ziyoratchilardan biri koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan.

Foto: Reuters

Qit’alararo ballistik raketasini uchirish qurilmalari kolonnasi Moskva halqa avtomobil yo‘lidan o‘tmoqda.

Foto: “TASS”

Harbiy avtomobil Janubiy Koreyaning Tegu shahri ko‘chalarini dezinfeksiya qilmoqda.

Foto: Reuters

Venadagi Shyonbrunn hayvonot bog‘idagi qutb ayig‘i bolasiga ism qo‘yildi. Noyabrda tug‘ilgan ayiq bolasiga dunyoning turli burchaklaridan yuborilgan 20 964 ta variantdan Finja tanlab olindi.

Foto: Getty Images

Koronavirus tufayli izolyatsiya qilingan Tenerifedagi mehmonxona ayvonidan qarab turgan ona-bola.

Foto: Reuters

Pragadagi Rossiya elchixonasi oldidagi maydonga Boris Nemsov nomi berildi. Rossiyalik muxolifotchining o‘ldirib ketilganiga bu yil besh yil bo‘ldi.

Foto: EPA

Kuvaytning Salmiya shahridagi kafeda niqob taqib, qarta o‘ynayotgan odamlar. Kuvaytda hozirgacha 43 kishi koronavirus bilan kasallangan.

Foto: Reuters

Politsiya Nyu-Delidagi tartibsizliklar tufayli Hindiston ichki ishlar vaziri Amit Shohning iste’fosini talab qilgan kommunistik partiya a’zolarini qo‘lga olmoqda.

Foto: AFP

Niqob taqib olgan iroqlik tikuvchilar tibbiyot niqoblarini tikmoqda. Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida ham koronavirus qayd etildi.

Foto: Reuters

Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga qor yog‘ganidan so‘ng palatka oldida o‘tirgan erkak.

Foto: Reuters

От qwert.uz