epa05049932 Iran Vice-President Masoumeh Ebtekar delivers a speech as he attends Heads of States' Statements ceremony of the COP21 World Climate Change Conference 2015 in Le Bourget, north of Paris, France, 30 November 2015. The 21st Conference of the Parties (COP21) is held in Paris from 30 November to 11 December aimed at reaching an international agreement to limit greenhouse gas emissions and curtail climate change. EPA/ETIENNE LAURENT

Eronda xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha vitse-prezident Ma’suma Ebtekar COVID-19 koronavirusini yuqtirib olganini tan oldi. Bu haqda “TASS” xabar qilgan.

Ma’suma Ebtekar

Foto: EPA

Agentlik xabariga ko‘ra, siyosatchi 26-fevral, chorshanba kuni, tekshiruvdan o‘tgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Tahlil natijalari 27-fevral, payshanba kuni, tongda ma’lum bo‘lgan. Infeksiyaning tarqalishidan xavotirlanayotgan Ebtekar o‘z uyida karantinga olingan.

Ebtekar Eron islom respublikasida yangi turdagi virus qayd etilgan birinchi siyosatchi emas. Topshirilgan test natijalari Eron Majlisining milliy xavfsizlik masalalari qo‘mitasi rahbari Mujob Zonnur, deputat Mahdum Sodiqiyda ham ijobiy natija ko‘rsatgan. Shuningdek, Eronda sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Iroj Xarirchi ham koronavirus bilan kasallangan.

Avval Eronning Xitoydan keyin koronavirusning eng katta o‘choqlaridan biriga aylangani, u yerda COVID-19 kasalligi tufayli 20 nafardan ortiq odam halok bo‘lgani va bu XXRdan tashqarida kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich ekani xabar qilingan.

Eron SSV 19-fevralda mamlakatda yangi turdagi koronavirus kasalligiga chalinish holati kuzatilganini ma’lum qilgan. Koronavirus mamlakatning Qum viloyatida kuzatilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda 245 nafar odam koronavirus yuqtirib olgan, ularning kamida 26 nafarida kasallikning eng yuqori bosqichi, ya’ni o‘lim kuzatilgani taxmin qilinmoqda.

27-fevral holatiga ko‘ra, butun dunyoda taxminan 82,5 ming nafar odam koronavirus bilan kasallangan. Ulardan 2,8 ming nafari vafot etgan, 33,2 mingdan ziyod kishi infeksiyadan tuzalgan. COVID-19 virusiga chalinish holatlari Xitoydan tashqari yana 40 dan ziyod mamlakatlarda ham kuzatilgan.

От qwert.uz