Video: Toshkentda Lacetti’ning lyukidan ikki yalang‘och ayolni chiqarib, raqsga tushirgan haydovchi jarimaga tortildi

Toshkentda avtomashinaning lyuk qismidan ikki qizni yarim-yalong‘och chiqarib olib, harakatlangan Lacetti haydovchisi aniqlanib, jarimaga tortildi, deb xabar bermoqda IIV YHXBB axborot xizmati. Avvalroq voqea videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Ma’lum qilinishicha, voqea poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Istiqlol ko‘chasida 26-fevral, chorshanba kuni soat 02:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, qoidabuzar J.B.ga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, Lacetti’ning yon oldi oynalari tegishli ruxsatnomasiz qoraytirib olinganligi ma’lum bo‘lgan. Quyidagi qoidabuzarlik bayonnomaga kiritilib, avtomashina jarima maydonchasiga olib borilgan.