O‘zbekistonlik 18 yoshli qiz Rossiya poytaxti Moskva shahrida jinsiy qullikka tushib qoldi va ikkinchi urinishda u yerdan qochib, politsiyaga xabar berishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda RT xabar bermoqda.

Foto: Sputnik

Ma’lum qilinishicha, Rossiya huquq-tartibot idoralari 18 yoshli O‘zbekiston fuqarosining bir necha oy davomida Moskvada jinsiy qullikka majburlangani haqidagi arizasiga binoan surishtiruv olib bormoqda  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Qizning aytishicha, u 2019-yilning boshida dugonasining taklifi bilan Moskvaga kelgan. U yerda qizga do‘konda sotuvchilik qilishi aytilgan. Ammo qiz Moskvaga kelishi bilan fohishalik qilishga majburlangan.

Qayd etilishicha, qiz Lyublino tumanidagi xonadonga olib borilgan va bir necha oy davomida erkaklarga pulli “xizmat ko‘rsatishi” uchun ushlab turilgan.

Oradan ikki oy o‘tgach, qiz bu xonadondan qochishning uddasidan chiqqan, biroq oradan ko‘p o‘tmay fohishaxona tashkilotchilari uni topib olib, kuch bilan ortga qaytargan.

Qizning so‘zlariga ko‘ra, bir nechta qiz muntazam ravishda uni kaltaklab, oilasidagilarni o‘ldirib yuborish bilan tahdid qilgan hamda erkaklarga jinsiy “xizmat ko‘rsatish”ga majburlab kelgan.

Qiz ikkinchi marta ham fohishaxonadan qochishga muvaffaq bo‘lgan va bu safar politsiyaga borib, ariza yozgan.

Xabarga ko‘ra, qiz tomonidan berilgan manzilga borgan politsiya xodimlari u yerda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, 1990 va 2000-yilda tug‘ilgan ayollarni qo‘lga olgan. Ayni holat bo‘yicha tekshiruv davom etmoqda.

От qwert.uz