“O‘zbekneftgaz” AJ 1-martdan boshlab dizel yoqilg‘isining narxi pasayganini ma’lum qildi

“O‘zbekneftgaz” АJ Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Аndijon, Guliston, Jizzax, Samarqand va Qarshi shaharlaridagi 45 dan ortiq yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 1-martdan boshlab dizel yoqilg‘isining narxi 7500 so‘mdan 7300 so‘mga pasaytirilganini xabar qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: DW

“Odatda, narx talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat nuqtasida belgilanadi. Mahsulot narxini pasaytirish talabni oshiradi va taklifni kamaytiradi. Bundan tashqari iste’molchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, birjada dizel yoqilg‘isini sotib olish xarajatlari kamaygani munosabati bilan dizel yoqilg‘isining narxi kamaytirildi. Bu bilan ushbu mahsulotni sotish hajmini oshirishga erishamiz”, — degan “O‘zbekneftgaz” АJga qarashli UNG Petro MChJ direktori M.Musayev.

Xabarga ko‘ra, “O‘zbekneftgaz” yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali sotiladigan dizel yoqilg‘isining narxi xorijiy kompaniyalar tomonidan O‘zbekistonda sotiladigan dizel yoqilg‘isi narxidan 9 foiz, АI-92 markali benzin narxidan esa 14 foizga arzon.