Ozodbek Nazarbekov ayollar qamoqxonasida katta konsert tashkillashtirdi (foto va video)

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 21-sonli umumiy tartibdagi ayollar koloniyasida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan bayram dasturi tashkil etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad xabar bermoqda  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Behzod Abdujabborov

Bayram dasturida Madaniyat vazirligi xodimlari, O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari, boshlovchilar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Foto: Behzod Abdujabborov

Dastlab madaniyat vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mavluda Asqarxo‘jayeva 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan barcha ayollarni tabrikladi.

Foto: Behzod Abdujabborov

Sizga balkim hozirgi davringiz hayotingiz haqida mushohada qilib olish uchun berilgan fursatdir. Xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, ertangi kunning ezgu amallari haqida o‘ylash uchun imkoniyatdir.

Oila biz ayollar uchun halovat maskani. Tezroq afv etilishingizni va qadrdon uyingizga qaytishingizning tilakdoshiman. Chunki sizning o‘rningiz oilangiz bag‘ridadir. Siz oila bekaligiga yarashasiz.

Mavluda Asqarxo‘jayeva, madaniyat vazirining Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi

O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Madina Muhtorova, Muyassar Berdiqulova hamda aktyor Sobirjon Otajonov tomonidan sahnalashtirilgan “Qirmizi olma” spektakli tomoshabinlarning davomli qarsaklariga loyiq ko‘rildi.

Foto: Behzod Abdujabborov

Foto: Behzod Abdujabborov

Foto: Behzod Abdujabborov

Foto: Behzod Abdujabborov

Foto: Behzod Abdujabborov

Foto: Behzod Abdujabborov

Foto: Behzod Abdujabborov

Foto: Behzod Abdujabborov

Foto: Behzod Abdujabborov

Foto: Behzod Abdujabborov

Foto: Behzod Abdujabborov

Foto: Behzod Abdujabborov

O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham so‘zga chiqdi va barcha ayollarni bayram bilan muborakbod etdi.

Foto: Behzod Abdujabborov

Prezidentimiz meni sizlarni tabriklash uchun yubordilar. Albatta har bir ayol u avvalo Ona. Siz hamisha e’zozga loyiqsiz. Ha, to‘g‘ri, hayot quvonch va shodliklardan iborat emas. Unda ba’zida qiyinchiliklar, g‘am-tashvishlarga duch kelamiz.

Goh yengamiz, goho yengilamiz. Ammo qorong‘ulik ortidan hamisha yorug‘lik keladi. Bahor yana qaytadi. Sizlarni chin qalbdan bayramingiz bilan qutlayman.

Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston madaniyat vaziri

Xonanda Feruza Jumaniyozovaning raqsbop qo‘shiqlari bilan dastur yakunlandi.

Foto: Behzod Abdujabborov

Foto: Behzod Abdujabborov