Namangan viloyati “To‘raqo‘rg‘on” mahallasida yashovchi 1996-yilda tug‘ilgan haydovchi yo‘l harakati qoidalariga rioya etmagan yo‘lovchi qiz sabab jarimaga tortildi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: Telegram / @Namanganliklar
“Yo‘lga qarab ketayotganimda yo‘lovchi qiz birdaniga lyukdan chiqib oldi. Avariyaviy holatni keltirib chiqarganim uchun hammadan uzr so‘rayman va bu holat boshqa qaytarilmaydi, deb so‘z beraman”, — deydi haydovchi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Avvalroq Toshkentda avtomashinaning lyukidan ikki qizni yarim-yalong‘och chiqarib olib, harakatlangan Lacetti haydovchisi aniqlanib, jarimaga tortilgan edi.