Video: Samarqanddagi restoranda kiyimlarini yechib, striptiz o‘ynamoqchi bo‘lgan qizlar qo‘lga olindi

Samarqand shahridagi restoranlardan birida Xalqaro xotin-qizlar kunini striptiz o‘ynab nishonlagan bir guruh qizlar qo‘lga olindi. Bu haqda STV telekanali xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 8-mart, yakshanba kuni, soat taxminan 23:00 da “Ikrom choyxonasi” restoranida dam olayotgan yosh qizlar janjal ko‘targan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mast bo‘lgan qizlar o‘zlarini noo‘rin tutib, kiyimlarini yechib, striptiz tushishni boshlagan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Ularning bu harakati restorandagi boshqa mijozlarda norozilik keltirib chiqargan.

Restoran ma’muriyati ulardan hisobni to‘lab, restoranni tark etishni so‘ragan bo‘lsa ham, qizlar o‘yin-kulgi qilib raqsga tushishda davom etgan. Shundan so‘ng restoran rahbariyati huquq-tartibot organlarini chaqirishga majbur bo‘lgan.

Biroq shirakayf bo‘lgan qizlar qarshilik ko‘rsatib, ularni uyatli so‘zlar bilan haqoratlagan. Milliy gvardiya xodimlari kelganidan so‘nggina vaziyatni hal qilish va qizlarni militsiya bo‘limiga yuborishga erishilgan.

Ayni paytda voqeaning barcha ishtirokchilari qo‘lga olinib, so‘roq qilinmoqda, voqea sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.