Rejissor Jahongir Ahmedovning Ikkinchi jahon urushi haqidagi “Ilhaq” filmida bosh rollarni ijro etgan aktyorlar Husan Rashidov va Xurshida Soatova turmush qurmoqda  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Bu haqda rejissor Instagram’dagi sahifasida xabar berdi.

Foto: Instagram/@jakhongirahmedov

“Ilhaq” filmida asosiy rollarni deyarli 80 foiz yangi chehralar, yangi iste’dodlar ijro etishmoqda . Zulfiya ayaning to‘rtinchi o‘g‘li Vahobjon va uning rafiqasi Rohatoy obrazlarini gavdalantirayotgan aktyor-aktrisa ham shular jumlasidan.

Husan Rashidov va Xurshida Soatova. Har ikkisini ham kinosinovlar maydonida tanidim, bildim, ilk bor birga ishladik. Fotosinovlardan so‘ng videosinovlar, bahs-munozalardan keyin bosh rol ijrochilari tasdiqlandi. Ular ham tanlanganlar orasida edilar.

Uch oylik tayyorgarlik ishlari, har bir aktyor bilan alohida ssenariy ustida, keyinchalik rollari ustida ishlay boshlaganimizda ularni yaqinroq bila boshladim. Husan asli rejissorlik bo‘limini tugatganligini, Xurshida xalqimizning sevimli san’atkori To‘ti Yusupovaning nabirasi ekanini ham kechroq eshitdim.

Suratga olish ishlari boshlangach, aynan mana shu juftlik ochig‘i kaminani qiynashni boshladi. Sababi har ikkisi ham hali uylanmagan, turmush qurmagan, bir-biriga hatto yaqin kelgisi kelmasdi. Albatta buning orqasidan baqir-chaqirlar, suratga olish ishlari ma’lum muddatga to‘xtagan vaqtlar ham bo‘ldi. Qattiq talablar ostida ular o‘z rollarini sekin-sekin anglab bora boshlashdi. Vaqt o‘tib shunchalik kirishib ketishdiki, nafaqat men, balki butun ijodiy guruhimizni erkatoyiga aylanishdi. Mana bugun meni ular o‘z nikoh to‘ylariga taklif qilib kelishdi. Baxtli bo‘lishsin. “Ilhaq” filmida yaralgan muhabbatlari umriboqiy bo‘lsin. Mendan ko‘p so‘rashadi, suratga olish ishlari qanday o‘tdi deb. Mening javobim shu — biz bu filmda muhabbat bilan ishladik.

Jahongir Ahmedov, “Ilhaq” filmi rejissori 

Avvalroq “Ilhaq” tarixiy-badiiy filmining Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq murakkab jang sahnalari Belarusda suratga olinayotgani haqida xabar berilgan edi.

От qwert.uz