Londonda Nursulton Nazarboyevning qizi va nevarasiga tegishli 100 mln dollarlik uylar xatlandi

Buyuk Britaniya hukumati Londonda Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning qarindoshlariga tegishli ikkita koshona va kvartirasi xatlandi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: EADaily

Ko‘chmas mulk 2019-yilning bahorida xatlangan, biroq London Oliy sudi sudyasi 11-mart kuni uning egalari ismini oshkor qilishga ruxsat bergan.  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    Ma’lum bo‘lishicha, ko‘chmas mulklar Nursulton Nazarboyevning qizi — Qozog‘iston Senati spikeri Darig‘a Nazarboyeva, shuningdek, uning to‘ng‘ich o‘g‘li Nurali Aliyev hamda turmush o‘rtog‘i Aidaga tegishli. Ular ushbu ko‘chmas mulklarni 100 million dollardan ortiqroqqa xarid qilgan.

Uy va kvartiralar uchta ofshorga rasmiylashtirilgan. Jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha milliy agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘chmas mulklar Darig‘a Nazarboyevaning sobiq turmush o‘rtog‘i Rohat Aliyev va uning otasi Nurali Aliyevning jinoiy yo‘llar bilan topilgan daromadlari evaziga xarid qilingan. Avdokatning ta’kidlashicha, Darig‘a Nazarboyeva va Rohat Aliyev 2007-yilda ajrashgan, shu sababli 2008-yilda xarid qilingan ko‘chmas mulklarning ularga bog‘liqligi bo‘lishi mumkin emas.

Londondagi ko‘chmas mulklar “Kelib chiqishi noma’lum daromadlar to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra xatlangan. Uy egalari Britaniya hukumatiga o‘zlarining daromad manbalari qayerdan ekanligini tushuntirib berishi lozim. Agar ular bu ishni qilmasa, mulklar musodara qilinib, auksion orqali sotib yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Gulnora Karimovaning Britaniyadagi mol-mulklari ro‘yxati e’lon qilingan edi.