Iroqdagi AQSh harbiy xizmatchilari joylashgan Et-Taji harbiy bazasiga berilgan raketa zarbalari oqibatida uch nafar harbiy xizmatchi, jumladan, ikki nafar amerikalik halok bo‘ldi, deb xabar beradi Reuters.

Foto: Ipa News

Ma’lumotlarga ko‘ra, zarba oqibatida britaniyalik harbiy ham halok bo‘lgan. Jarohat olganlar soni kamida 10 kishini tashkil etmoqda  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Iroqlik harbiylarning ta’kidlashicha, hujum oqibatida hech kim halok bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyining o‘rtalarida Bag‘dod shimolidagi Et-Taji harbiy bazasi raketalar hujumiga uchragan edi. O‘shanda harbiy bazaga qarata zalp o‘t ochuvchi tizimdan jami beshta raketa uchirilgandi.

От qwert.uz