14-mart kuni soat 11:40 larda Uchtepa tumani “Cho‘pon ota” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Aksava” kompaniyasiga qarashli ikki qavatli avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchasi 2 ta boksining derazasi va devorlari qisman qulash sodir bo‘lgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, holatning kelib chiqishiga kislorod yoki gaz ballonining yorilishi sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Buning oqibatida, 1 nafar fuqaro voqea joyida va 1 nafari kasalxonada vafot etgan. Shuningdek, 4 nafar fuqarolar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonalarga yotqizilgan.
Foto: “Kun.uz”
“Ayni vaqtda hodisa sodir bo‘lgan joyda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda”, — deyiladi FVV axborotida.
Qo‘shimcha qilishlaricha, mazkur holatning kelib chiqish sabablari yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.