20-mart kuni soat 16:30 lar atrofida Olmazor tumani “Toshkent o‘yinchoqlari” zavodi bekatida yuk mashinasi va avtobus ishtirokida YTH yuz berdi, deb xabar bermoqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, 8-avtobus saroyi tasarrufidagi 109-yo‘nalishda qatnovchi “Isuzu” rusumli avtobus bekatda harakatsiz holatda bo‘lgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

“KamAZ” yuk mashinasini haydab ketayotgan 15 yoshli B.K. boshqaruvidagi ehtiyotsizligi oqibatida yonlab o‘tayotgan vaqtda avtobusning chap yon qismiga urilgan.

Oqibatda 2 kishi jarohatlangan va o‘z vaqtida shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Avvalroq Yunusobodda sodir bo‘lgan YTH oqibatida piyoda halok bo‘lgani xabar berilgan edi.

От qwert.uz