Faqat bitta qulog‘i bor “yakkashox kuchuk” ijtimoiy tarmoqlarni zabt etdi (foto)

AQShning Michigan shtatida o‘z xo‘jayini bilan yashovchi retriver zotiga mansub Rey laqabli kuchuk tarmoqlarda mashhurlikka erishdi. Kuchuk noodatiy tashqi ko‘rinishga ega. Itning faqat bitta qulog‘i bor bo‘lib, boshining qoq o‘rtasidan xuddi yakkashox kabi chiqib turibdi, deb xabar beradi CNN.

Foto: Instagram / @Goldenunicornrae

Rey kichkinaligida jarohat olgani sabab bir qulog‘idan ayrilgan.

Vaqt o‘tishi bilan itning sog‘ qolgan qulog‘i bosh qismining o‘rtasi tomon surilib kelgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Biroq bu kabi anomal holat kuchukka hayotdan bahramand bo‘lish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Shuningdek, bu uning umumiy ahvoliga ham hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan.

Rey Instagram’da o‘zining sahifasiga ega bo‘lib, hozirda uning 200 mingdan ortiq obunachisi bor.

Foto: Instagram / @Goldenunicornrae

Foto: Instagram / @Goldenunicornrae

Foto: Instagram / @Goldenunicornrae

Foto: Instagram / @Goldenunicornrae

Foto: Instagram / @Goldenunicornrae

Foto: Instagram / @Goldenunicornrae