Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin! Hayotingiz eng yorqin xis-tuyg‘ularga, qiziqarli rejalarga va baxtli laxzalarga to‘lsin! Sizning barcha ezgu orzu-istaklaringiz ro‘yobga chiqsin! Sizga xar qanday hayot so‘qmoqlarini qoqilmasdan muvaffaqqiyat bilan bosib o‘tishingizda va bu yo‘l bilan maqsad sari olg‘a intilishingizda tilakdoshman! O‘zingiz erishgan narsalaringizni qadriga yeting va yanada ko‘proq yutuqlarga erishib, baxtiyorlik nashidasini suring!

Tavallud ayyomingiz qutlug‘ bo‘lsin! Sizga muvaffaqqiyat cho‘qqilarini zabt etish baxti nasib etsin! Barcha orzu-istaklaringiz ro‘yobga chiqsin, aqlli, esli-xushli bo‘lish yo‘lida yo‘ldan adashtirmasin! Kelajakda mard, jasur va xaqiqatgo‘y insonlar qatoridan joy olishingizda va albatta o‘z baxt yulduzingizni uchratishingizda tilakdoshman!

Tavallud kuningiz qutlug‘ bo‘lsin! Sizning xayotingizda g‘am, tashvish va ma’yuslikka o‘rin qolmasin! Yaqinlaringiz Siz bilan faxrlansinlar va sizga doimo sodiq va mexribon bo‘lib qolsinlar. Qalbingizda ko‘tarinki kayfiyat xukmron bo‘lsin! Yuragingiz to‘ridan joy olgan insonlarni qadrlash xissi aslo Sizni tark etmasin!

Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Xayot yo‘lingizdagi barcha ezgu istaklaringiz amalga oshsin! Tabassum yuzingizni xech qachon tark etmasin, xar bir yangi kunni quvonch bilan qarshi olish baxtiga muyassar bo‘ling! Xayotning xamma jabxalarida xozirgiday kuchli va betakror bo‘lishingida tilkdoshman!

Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin! Sizga farovon xayot, omad, mustaxkam sog‘lik va vafodor do‘stlar davrasida bo‘lish nasib etsin! Xar doim kuchli va aqlli bo‘lishingizda tilakdoshman. Baxt qushi doimo yelkangizdan joy olsin! Barcha yaxshi niyat-maqsadlaringiz ro‘yobga chiqsin! Omad kaliti cho‘ntagingizni tark etmasin. Ayyomingiz qutlug‘ bo‘lsin!

От qwert.uz