Tug‘ilgan kun uchun tabriklar matni — Raxbarga (Ayol kishiga)

Xurmatli……………………………………………………!

Sizni korxonamiz jamoasi va aksiyadorlari nomidan tug‘ilgan kuningiz bilan chin yurakdan muborakbod etamiz! Sizni mustaxkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va eng asosiysi ayollik baxti xech qachon tark etmasin! Shu bilan birga korxonada Siz tomoningizdan amalga oshirilayotgan isloxotlar va xayrli ishlaringizda ulkan muvaffaqqiyatlarga erishishingizda tilakdoshmiz! Chexrangizda yaxshi kayfiyat bir umr «ma’sul» bo‘lib qolsin! Tavallud ayyomi muborak bo‘lsin!


Xurmatli……………………………………………………!
Sizni korxona xissadorlari nomidan tavallud ayyomingiz munosabati bilan muborakbod etamiz! Sizga oilaviy tinch-totuvlik va farovon xayot kechirish va albatta ayollik baxti yo‘ldosh bo‘lsin! Farzandlaringiz baxt-saodatini ko‘rish va ular bilan zavqlanib yashash baxti Sizni tark etmasin! oilangiz baxti uchun xamda korxonamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji uchun sog‘-salomat yurishingizni va
samimiy tabassum chexrangizni doimo «egallab» olishini astoydil istab qolamiz! Oilangizda va korxonada ulkan muvaffaqqiyatlar Soxibasiga aylaning! Yana bir bor tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Xurmatli……………………………………………………!
Sizni jamoamizning barcha xodimlari nomidan tavallud kuningiz munosabati bilan muborakbod etamiz! Sizga mustaxkam sog‘lik va totli xayot kechirish xamda ayollik baxti yo‘ldosh bo‘lsin! Xar doim xam xozirgiday uddaburon va qat’iyatli bo‘lib qoling! Ushbu ayyom kuningizda barcha ezgu niyat maqsadlaringizni amalga oshishini istab qolamiz! Baxoriy kayfiyat Sizga yo‘ldosh bo‘lsin! Oilangiz xamda aksiyadorlik jamiyatimiz baxtiga sog‘ va omon bo‘ling! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Xurmatli……………………………………………………!
Sizni korxonamiz xodimlari va qolgan barcha aksiyadorlar nomidan tavallud ayyomingiz bilan qizg‘in qutlaymiz! Kelgusi xayot va ishlaringizda omad qushi Sizga xamrox bo‘lsin! Oilada xam bekamu-ko‘st — ayollik baxt-saodati bilan xayot kechirish nasib etsin. Raxbar ayollardan oilasidagi ayollik yumushlari bilan bog‘liq ma’suliyat olib tashlanmasligini inobatga olib, Sizga ishdan keyingi oilaviy xayotingizda xam mustaxkam iroda, bitmas-tuganmas kuch-quvvat va sabr-toqat xamrox bo‘lishini tilab qolamiz! Tavallud ayomingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Xurmatli……………………………………………………!
Sizni korxonamiz xodimlari xamda aksiyadorlari va korxona kasaba uyushma qo‘mitasi nomidan tavallud kuningiz bilan qizg‘in qutlaymiz! Sizni oilaviy baxt va to‘kin-sochinlik tark etmasin! Go‘zallik va samimiy tabassum chexrangizdan mustaxkam joy olsin! Barcha boshlagan va rejalashtirgan ishlaringizda muvaffaqqiyat xamda omad qushi yelkangizdan tushmasin! Farzandlaringiz baxt-iqboli xamisha sizni quvontirsin va ular Sizga oilaviy xamda raxbarlik faoliyatingizda xamisha madadkor, ilxomlantiruvchi omil vazifasida qolsinlar! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF