Aziz dilbandim! Tavallud kuning muborak bo‘lsin! Sen uchun va biz uchun muborak bo‘lgan ushbu qutlug‘ kunda barcha yaxshi niyat-maqsadlaring ijobat bo‘lsin! Bir umrga xuddi xozirgidek quvnoq va yaqinlaringga oqibatli, mexrli bo‘lib qolgin! Xayot yo‘llarida qoqilmay qadam tashlash va boshqalarga ibrat bo‘larli darajada xayot kechirish baxti nasib etsin. Senga mustaxkam sog‘lik, yaxshi kayfiyat yo‘ldosh bo‘lsin! Kattalarni xurmat qilish, kichiklarni izzat qilish shioringga aylansin! G‘am-g‘ussa sendan begona bo‘lsin! Baxt va omad qushi xamisha yelkangdan tushmasin!