Tug‘ilgan kun uchun tabriklar matni (Dugonaga)

Men uchun qadrli bo‘lgan dugonajon! Tug‘ilgan kuning bilan chin yuragimdan muborakbod etaman! Senga o‘zingning xayoliy shirin orzularingdagidek ajoyib baxt-saodat va farovon xayot kechirish baxtini yuzaga chiqishini yaqin dugonang sifatida astoydil tilab qolaman! Xayotda xech qachon adashgulik, notanish va begona ko‘chalarga aslo qadam bosgulik qilmasin! Taqdir seni aslo yo‘ldan adashtirmasin! Xonadoningni ota-onangning oq fotixasi bilan tark etish baxti nasib etsin!

Aziz dugonajonim! Tavallud ayyoming bilan muborakbod etaman! Xayoting nurlarga, quvonchli kunlarga to‘lsin! Xayolingdagi shaxzodang oq otida guldastalar bilan yuzida tabassum bilan kirib kelsin!Aslo ko‘zlaring nam ko‘rmasin! Kelgusi xayotingdagi baxtiyorlik laxzalari xech qachon tugamasin! Xayotdan zavqlanib yashash doimiy shioringga aylansin! Tug‘ilgan kuning muborak bo‘lsin!

Qadrli va aziz dugonajon! Ushbu ajoyib kunda seni o‘zim va boshqa barcha dugonalarim nomidan qizg‘in muborakbod etaman! Xayolingdagi barcha niyat-maqsadlaring xaqiqatga aylansin! Xech qachon g‘am-tashvish xayot yo‘llaringga qora soyasini solmasin! Omad va quvonch kabi xis-tuyg‘ular sendan begona bo‘lmasin! Xayotdagi yo‘ldoshing umrbod sen bilan yonma-yon yursin! Bir umr barcha senga yaqin bo‘lgan insonlar qalblarining to‘ridan joy olish baxti nasib etsin! Tug‘ilgan kuning muborak bo‘lsin, dugonajon!

Tug‘ilgan kuning bilan tabriklayman, qadrli dugonajon! Senga yaqin dugonang sifatida chinakam baxt-saodat va quvonchu-shodlikni xamda Sibirliklar salomatligini, kavkazliklarday uzoq umr ko‘rishni, xind filmlaridagi kabi jo‘shqin muxabbatni, nemislardagidek aniqlikni, yaponlardagidek donishmandlikni va eng asosiysi xaqiqiy insoniy baxtiyorlik nashidasini bir umr yo‘ldosh bo‘lishiga tilakdoshman.

Biz uchun qimmatli bo‘lgan dugonajon! Seni ushbu ajoyib kun sharofati bilan chin yurakdan tabriklaymiz! Go‘zallik va navqironlik seni xech qachon tark etmasin! Baxoriy iliqlik, yorqin tabassum chexrangdan arimasin! barcha yaqinlaringning qalblaridan joy olish baxti nasib etsin! G‘am-tashvish bulutlari aslo sening osmoningda suzmasin! Baxt qushi seni xamma yerda va xar doim kutib olsin! Quvonch bir umrlik xamroxga aylanib qolsin! Ota uyidan yor-yor bilan chiqib ketish baxti nasib etishida tilakdoshman! Tavallud kuning muborak, qadrli dugonajon!

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF