Tug‘ilgan kun uchun tabriklar matni (Do‘stga)

Tug‘ilgan kuning muborak bo‘lsin, qadrli do‘stim! Hayoting eng yorqin xis-tuyg‘ularga, qiziqarli rejalarga va baxtli laxzalarga to‘lsin! Sening barcha ezgu orzu-istaklaringiz ro‘yobga chiqsin! Senga xar qanday hayot so‘qmoqlarida adashmasdan izchillik bilan bosib o‘tishingda va bu yo‘l bilan ezgu maqsad sari olg‘a intilishingda tilakdoshman! O‘zing erishgan yutuqlaringni qadriga yetishni o‘rgan va bundanda ko‘proq yutuqlarga, g‘alabalarga erishib, xayotning baxtli laxzalarini xis et! Ayyom muborak, do‘stim!

Tavallud ayyoming qutlug‘ bo‘lsin, qadrdon do‘stim! Senga muvaffaqqiyat dovonlarini egallash baxti nasib etsin! Barcha ijobiy orzularing amalga oshsin, aqlli, esli-xushli bo‘lish yo‘lida yo‘ldan adashmaslikda, kelgusida dono, qo‘rqmas va xaqiqatparvar insonlar qatoridan bo‘lishingda va albatta o‘z «baxting»ni topishingda tilakdoshman!

Tavallud kuning qutlug‘ bo‘lsin, qiyomatli do‘stim! Sening ajoyib xayotingda g‘am-g‘ussa va xafagarchilikka o‘rin bo‘lmasin! Barcha yaqin insonlaring Sen bilan faxrlanish tuyg‘usini xis qilsinlar va senga doimo sodiq va mexribon bo‘lib qolsinlar. Qalbingda ko‘tarinki kayfiyat xukmron bo‘lsin! Yuraging to‘ridan joy olgan yaqin insonlarni qadrlash xissi aslo seni tark etmasin!

Qadrdon do‘stim! Seni tavallud ayyoming bilan barcha do‘stlarimiz nomidan qalb qo‘ri bilan ishlov berilgan tilaklarimiz orqali muborakbod etaman! Xayotingdagi nimaiki yaxshi niyat maqsadlaring bor bo‘lsa. barchasi ijobat bo‘lsin! Chexrangda kulgu abadiy mexmon bo‘lib qolsin! Umring davomida xayotning barcha o‘nqir-cho‘nqir so‘qmoqlarida zabardast va yagona insonlardan biri bo‘lib qolishinga ishonamiz! Ayyom muborak!

Qadrdon do‘stimiz! Tavallud topgan kuning qutlug‘ va muborak bo‘lsin! Senga dorilomon xayot, to‘kin-sochinlik va mustaxkam iroda xamda sog‘-salomat yurish baxti nasib etsin! Bir umrga tog‘ni talqon qiluvchi paxlavon, mard, jasur va abjir, shu bilan birga aqlda tengi yo‘q insonlar qatorida qolishinga tilakdoshman. Omad aslo seni chetlab o‘tmasin! Muborak ushbu ayyom senga qutlug‘ bo‘lsin, aziz do‘stim!

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF