Tug‘ilgan kuning muborak bo‘lsin! Barchamiz uchun ajoyib bo‘lgan ushbu ayyom kunida senga sixat-salomatlik va baxt-saodat tilab qolamiz! Ko‘zlaring aslo nam ko‘rmasin! Barcha niyatlaring amalga oshsin! Xayot so‘qmoqlarida xech qachon qoqilmagin! Bir umrga oqibatli farzand bo‘lib qolgin! Bizning va boshqa barcha yaqinlaringning yuzlari sira xam yerga qaramasin! Chexrangni samimiy tabassum tark etmasin! Xayotdan faqat kerakli narsalarnigina so‘rashni va olishni o‘rgan! Baxtli kunlaringni doimo birga nishonlash baxti xammamizga nasib qilsin!

Tavallud ayyoming muborak bo‘lsin! Oilamiz baxtiga doim sog‘-salomat, sho‘x-shodon, o‘ynab-kulib yurgin. Yuzingda g‘am-tashvish bo‘lmasin! Dugonalaring sen erishgan yutuqlarga doimo xavas ko‘zlari bilan qarasinlar! Xasad qilguvchilarga insof va imon bersin! tengdosh dugonalaring oldida doim yuzing yorug‘ bo‘lsin! Xayrli ishlarni, yaxshi niyat-maqsadlar bilan yo‘g‘rilgan xarakatlarni kanda qilma! Maqsadsiz yashama! Loqaydlikdan o‘zingni chetga ol! Baxtli insonlarga xavas ko‘zlari bilan qarashni va o‘z kelajagingni mexnating evaziga yarata olishni o‘rgan!

Tavallud kuning muborak bo‘lsin! Ushbu muborak kunda barcha yaxshi niyat-maqsadlaring amalga oshsin! Umrbod quvnoq va baxtli, oqibatli va mexribon insonlar qatorida qolgin! Xayot so‘qmoqlaridan adashmasdan olg‘a qadam tashlash shioringga aylansin. Senga xushnud kayfiyat, metinday sog‘lik va baxt-iqbol yo‘ldosh bo‘lsin! Atrofdagilarga yaxshi insoniy munosabat ko‘rsatishni o‘rgan! G‘am-g‘ussadan yiroq bo‘l! Xonadonimizni bizning oq fotixamiz bilan tark etish baxti nasib etsin!

Seni tug‘ilgan kuning bilan barcha oila a’zolarimiz va boshqa yaqinlarimiz nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz! Xushkayfiyatlik senga xamrox bo‘lsin! O‘tayotgan kunlaring bir-biridanda quvonchli va barakali bo‘lsin! Barcha dugonalaring va yaqinlaringning samimiy tabassumlariga sazovor bo‘lish baxti nasib etsin! Seni xech qachon yo‘ldan adashtirmasin! Xurmat va izzat o‘rtasidagi me’yorni unutma! Katta — kichikka birdek oqibatli bo‘l!

Tavallud kuning muborak bo‘lsin! Ayyom kuningdan foydalanib, senga baxt-taxtli va farovon turmush kechirish baxtini tilab qolaman! Xayoting yo‘llaring quvonchu-shodlikka to‘la bo‘lsin! G‘am-g‘ussa senga butunlay begona bo‘lsin! Ezgu maqsadlaringni amalga oshirish yo‘lida aslo charchama! Bolalik paytlaringda aytilgan mo‘‘jizalarni ro‘y berishiga ishon va ularni mexnating evaziga va albatta bizning qo‘llab-quvvatlashimizga ishonib, erishishga o‘rgan! Yaqinlaringdan mexr-oqibatni darig‘ tutma! Kundalik xayotda izchillikni qo‘ldan berma! Kelajakda baxtli xayot kechirishingni ko‘rish barchamizga nasib etsin!

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz