Samarqand shahrida 6-aprel kuni kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng shahar ko‘chalarida suv toshqinlari yuz berdi, xonadonlar suv ostida qoldi. Tabiiy ofat ayrim xonadonlarga jiddiy talofat yetkazgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Jumladan, shaharning Sadriddin Ayniy ko‘chasida joylashgan xonadonlardan birining devori yomg‘irdan keyingi toshqin vaqtida qulagan; bu vaqtda ko‘cha suvga to‘lgani, qayiqda suzsa bo‘ladigan holga kelganini ko‘rish mumkin.