Har kuni nima kiyishni o‘ylaydiganlar uchun oq futbolka — universal yechim (foto)

Отqwert.uz

4 апреля, 2020

Qizlarni har kuni bir savol qiynaydi: bugun nima kiysam ekan? Nima kiyishni bilmay garderob qarshisida o‘yga toladigan nozik jins vakillari uchun universal bo‘lgan oq futbolka bilan qanday obrazlar yaratish mumkinligi haqida tavsiya beramiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Getty Images

Shim

Foto: SM News

Oq rangning o‘ziga xosligi shundaki, uni istalgan rang bilan moslash mumkin. Sport yoki boshqa uslubda kiyinishni istaganlar uchun oq futbolka va shim yaxshi tanlov. Bel qismi yuqori va past qismi keng bo‘lgan shim bilan baletka kiyib, bo‘yningizga yorqin rangdagi sharf bog‘lasangiz, jozibador obraz; jinsi yoki bel qismida rezinkasi bor shim bilan krossovka kiyib, sport uslubini yaratishingiz mumkin.

Yubka

Foto: Womanews

Oq futbolka bilan istalgan uzunlikdagi yoki bichimdagi yubkani moslash mumkin. Asosiysi, ob-havo va qayerga borishingiz. Bahor-yoz mavsumida etaklari keng, shifon matoli, tizzadan past uzunlikdagi yubkalar tavsiya qilinadi.

Jinsi

Foto: “Azbuki stilya”

Jinsi va oq futbolka istalgan mavsumda moslash mumkin bo‘lgan universal kiyim-kechak hisoblanadi. Ayniqsa, kundalik obraz va shoshayotganda nima kiyishni bilmaydiganlar uchun ayni muddao. Jinsi shim bo‘ladimi, yubka yoki shorti — oq futbolka bilan moslashib keta oladi.

Shorti

Foto: Getty Images

Shorti tanlashda qomatingizga to‘g‘ri baho berishni unutmang. Asosiysi esa siz tanlagan ushbu kiyimda o‘zingizni qulay his qilishingizdir. Obrazingizga, albatta, bleyzer qo‘shishni unutmang. Poyabzalni qanday tanlashni esa qat’iy qoidasi yo‘q, fantaziyangizni ishga solsangiz bo‘lgani.