Er-xotin daryo bo‘yida suxbatlashib o‘tirishardi. Nogaxon xotinining ilxomi kelib, daryoga qarab turib, she’r to‘qib yuboribdi:

Daryoning suvi chuchuk,

Sizni qilib men kuchuk,

Makr bilan ataylab,

Burningizdan ip boylab,

Xoxlagancha sudradim,

Ko‘rib qo‘ying qudratim!

Xotin eriga shu she’rni ayta turib, «Dadasi, bu xazil» debdi. Eri boshini qimirlatib, «Xa mayli, xech qisi yo‘q!» deganday qilibdi.

Yana kunlarning birida, zamonaning zayli bilan, er-xotin uzoq mamlakatga dengiz sayoxatiga borishibdi. Dengiz bo‘yida dam olib o‘tirishganda, bu safar erining ilxomi kelib qolibdi-da, xotiniga qarab quyidagicha she’rini o‘qib beribdi:

Dengizni qilsam ta’rif,

Nomi oltita xarf.

U yerda minglab jonzot,

Doim kechirmish xayot.

Biz xam birga yashadik,

Oshimizni oshadik.

Xiylalaring qirq tuya,

Bular xam mayliku-ya,

Lekin qizig‘i bumas,

Dengiz suvi chuchukmas.

Mana shu eng yomoni,

Menga o‘xshash tomoni.

Suvi na’makob, taxir,

Peshonam sho‘rku. axir!….

Shundan keyin er xam xotiniga sekingina:

«Onajonisi, bu xazil!» degan ekan kulimsirab.

https://www.publicdomainpictures.net/pictures/80000/velka/japanese-waves-painting.jpg

© MUALLIF

От qwert.uz