Bir kishi bozorda attordan so‘ramoqda:
— Sichqonga qarshi doringiz bormi?
— Bor!
— Qanday ishlatiladi?
— Juda xam oson. Sichqon yaramasni tutasiz, og‘zini ochasiz. So‘ngra mana shu doridan bir kap og‘ziga tashlab yuborasiz. Qarabsizki, bir ozdan so‘ng, sichqonboy tap-tayyor-da!
— Sizdan ertalabdan beri odamlar shu doringizdan olishdimi?
— Xa, albatta. Ko‘pchilikni xojatini chiqardim. Xaligi…
— Ex, esizgina-ya…
— Nima, sichqonga achinyapsizmi?
— E,yo‘q! Aksincha, sizdan shu doringizni olgan odamlarga, ularning puliga va qolaversa o‘zimni vaqtimga achinyapman!….